Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA KOREYS ISHLAB CHIQARUVCHILARI SANOAT TEXNOPARKI TASHKIL ETILADI

×

 2023-04-26 22:05:08    438

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Farg’onada o’z investitsion loyihasini amalga oshirishni rejalashtirayotgan 15 nafardan iborat koreyalik ishbilarmonlarning katta guruhini qabul qildi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiyaning joriy yil 27-30 mart kunlari Koreya Respublikasiga tashrifi davomida Seulda koreys tadbirkorlari bilan davra suhbati tashkil etilib, viloyatning investitsiyaviy salohiyati taqdimoti o’tkazilgandi. Olib borilgan muzokaralar natijasida “Incense Korea”, “Herbtherapy” (xushbo’y atirlar), “Juno cosmetics”, “Samhee” (kosmetika), “Techon System” (sensorli qurilmalar), “Korea Electric Lighting” (avtonom lampalar), Yeowoon (zargarlik buyumlari), “Daeha Solutech” (kabel ishlab chiqarish), “Juil” (yong’inga qarshi himoya vositalari) va boshqa kompaniyalarning ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish bo’yicha hamkorlik bitimlari imzolangandi.

Bugungi uchrashuvda ushbu kompaniyalar rahbarlari hamda boshqa qator sarmoyadorlar ishtirok etdilar.

Koreyalik tadbirkorlar kun davomida viloyatning potentsiali haqida yetarli ma'lumotga ega bo’lishganini qayd etib, o’z loyihalarini amalga oshirish bo’yicha amaliy ishga kirishishga tayyor ekanliklarini ma'lum qilishdi. Farg’ona shahridagi Ekoshahar majmuasining tegishli kichik sanoat zonasi hududida “Koreys ishlab chiqaruvchilari Sanoat Texnoparki” tashkil etish bo’yicha Seuldagi muzokaralarda erishilgan kelishuvni hayotga tadbiq etish hamda aniq investitsion loyihalarni ishlab chiqishga kirishishlarini bildirdilar.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ishtirok etdi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram