Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA KOREYA SARMOYASI ISHTIROKIDA ISSIQXONALAR HAMDA QISHLOQ XO’JALIGI UCHUN POLIETILEN PLYONKALAR ISHLAB CHIQARILADI

×

 2023-05-04 13:20:10    609

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov issiqxonalar uchun plyonkalar ishlab chiqarishda Koreyaning eng yirik kompaniyalaridan biri bo’lgan “Sangjin Co., Ltd.” prezidenti Xyon San Choy boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda “Sangjin Co., Ltd.” kompaniyasi tomonidan Farg’ona shahrida mahalliy tadbirkor Nozimjon Hamroqulov bilan hamkorlikda amalga oshirishga kirishilayotgan gidrofil ta'sirli oftobbardosh polietilen plyonkalar ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.

Bugungi kunda O’zbekiston qishloq xo’jaligida jadal rivojlanib borayotgan issiqxonachilik sohasi uchun zarur bo’lgan maxsus plyonkalar asosan xorijdan import qilinayotgan bo’lib, bu mahsulotni mahalliylashtirish ichki bozordagi talabni sifatli va arzon mahsulot bilan qondirish bilan birga, qo’shni davlatlarga ham eksport qilish imkoniyati berishi qayd etildi. Rejalashtirilayotgan korxonaning viloyat qishloq xo’jaligi rivoji uchun ahamiyatini qayd etgan viloyat hokimi, loyihani har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

May oyining yakuniga tamal toshi qo’yilishi rejalashtirilayotgan korxona, kunlik 25 tonnagacha turli o’lcham va qalinlikdagi issiqxona plyonkalari, qishloq xo’jaligi uchun plyonkalar, shuningdek, asfaltosti va suv inshootlari gidroizolyatsiyasida foydalaniladigan geomembrana qoplamalari ishlab chiqaradi. Loyiha qiymati 3,3 million dollar bo’lgan korxona mahalliy tadbirkor hamda koreyalik investorlarning teng sherikligida barpo etiladi.

20 yildan beri O’zbekistonga o’z mahsulotlarini yetkazib berayotgan “Sangjin Co., Ltd.” prezidenti Xyon San Choy, mamlakatimizda ushbu loyihani joylashtirish uchun amalga oshirgan uzoq o’rganishlari natijasida Farg’ona viloyatini eng jozibador deb topganini qayd etib, kelgusida yana qator investitsion loyihalarni amalga oshirish rejalashtirayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram