Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 119 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MARG’ILONDA "ONALARGA EHTIROM" III AN'ANAVIY FESTIVALINING VILOYAT YAKUNIY BOSQICHI BO’LIB O’TDI

×

 2023-05-22 08:53:17    148

PDF yuklash
Chop etish


Bu yil viloyatimizda uchinchi bor o’tkazilgan “Onalarga ehtirom” festivalining yakuniy viloyat bosqichi doirasida Marg’ilon shahridagi “Ijodkorlar bog’i”da katta bayram dasturi tashkil etildi.

Bog’ hududidagi amfiteatr viloyatning barcha shahar va tumanlaridan kelgan 1,5 ming nafardan ziyod mo’'tabar onaxonlar hamda ayollarni o’z bag’riga jamladi. 

“Onalarga ehtirom” festivali yakuniy bosqichi shodiyonasini viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ochib berdi.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida bugungi kunda yurtimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarning markazida mo’'tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizni e'zozlash, roziligini olish, hayotlarini yengillashtirish, sog’-salomat bo’lib, baxtli bo’lib yashashlarini ta'minlash maqsadlari mujassam ekaniga e'tibor qaratgan viloyat hokimi, “Onalarga ehtirom” bayramini tashkil etilishi ham ushbu ezgu maqsadlarga xizmat qilishini aytib o’tdi.

Davlatimiz rahbarining g’amxo’rliklari va e'tiborlari bilan viloyatimizda ham xotin-qizlarning hayot va mehnat sharoitlarini yaxshilash, ularga daxldor ijtimoiy muammolarni hal etishga ustuvor ahamiyat qaratilayotganini qayd etgan viloyat hokimi, o’tgan yili 48 mingdan ziyod xotin-qizlarning bandligi ta'minlangani, 22 ming nafardan ko’proq ayollarga 405 mlrd. so’mdan ziyod kredit ajratilgani, 23 mingdan ortiq opa-singillarimiz mehnat bozorida talab yuqori bo’lgan kasb-hunarlar va tadbirkorlikka o’qitilganini qancha xonadonlarga quvonch va shodlik kirib, qancha-qancha odamlarning hayot darajasi va sifati tubdan o’zgarganini, minglab ayollarimizning ruhi ko’tarilib, ularning ertangi kunga ishonchi mustahkamlanganini ta'kidladi. 

Farg’onada o’tkazib kelinayotgan “Onalarga ehtirom” festivali, milliy qadriyatlarimizni saqlab qolish yo’lida qilinayotgan katta qadam ekanini qayd etgan Ozodbek Nazarbekov, Turizm va madaniyat vaziri sifatida ushbu festivalni respublika miqyosida tashkil etish, “Onalarga ehtirom” bayrami har bir mahallagacha kirib borishini ta'minlash uchun harakat qilishini bildirdi.

Festival doirasida “Eng yaxshi mutaxassislarni tarbiyalagan ona”, “Eng ibratli mehnatkash ona”, “Eng yahshi tadbirkorlar onasi”, “Vatan fidoiysi onasi”, “Eng matonatli ona” kabi 12 ta nominatsiyada viloyat miqyosida g’olib bo’lganlarga mukofotlar topshirildi. 1-o’rin egalariga muzlatkich, 2-o’rinni egallaganlarga kir yuvish mashinasi, 3-o’rin sohiblariga televizor sovg’a qilindi. Barcha o’rin egalari viloyat hokimining faxriy diplomi bilan ham taqdirlandilar.

Munojot Yo’lchiyeva, Abduhoshim Ismoilov, Ilhom Ibrohimov, Zulayho Boyxonova, Alisher Fayz, Abdujalil Qo’qonov, Muhsinbek Mo’minov, Ziyoda Qobulova kabi ko’plab respublikamizda taniqli san'atkorlar ishtirokida kuy-qo’shiqlar, shuningdek viloyat san'at ustalari tomonidan tayyorlangan Ona mavzusidagi sahna ko’rinishlari bayramga o’zgacha shukuh baxsh etdi. Tadbirning kontsert qismi Ozodbek Nazarbekov ijrosidagi jozibali qo’shiqlar bilan yakunlandi.

 “Onalarga ehtirom” festivali Marg’ilon uzra porlagan rang-barang va yorqin mushaklar bilan yakunlandi.





















Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram