Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 36 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


RISHTONDA QURILISHI YAKUNLANAYOTGAN KULOLCHILIK MARKAZI, MEHMONXONA VA MAISHIY XIZMAT KO’RSATISH MARKAZIDAN IBORAT MAJMUA TUMANNING YANGI “TASHRIF QOG’OZI”GA AYLANADI

×

 2023-05-26 21:02:45    645

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, tumandagi investitsiya loyihalarining ijrosi bilan tanishish maqsadida viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga bugun Rishton tumanida bo’ldi.

Viloyat rahbari o’rganishlar jarayonida tadbirkor Islomjon Orifjonov rahbarligidagi “Chinor plyus-2020” korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan va qurilish-jihozlash ishlari yakunlanayotgan Kulolchilik markazi, mehmonxona va maishiy xizmat ko’rsatish markazidan iborat majmua loyihasini ko’zdan kechirdi.

Oqer MFY hududida joylashgan ushbu majmuaning dastlabki loyiha qiymati 35 milliard so’m deb belgilangan bo’lsa, loyihani amalga oshirish jarayonida kiritilgan o’zgarishlar hisobiga bugunga kunda majmua qurilishiga kiritilgan investitsiya miqdori 50 milliard so’mdan oshdi. Bu mablag’ning 25 milliard so’mini O’zsanoatqurilishbank krediti tashkil etsa, qolgan qismi tadbirkorning o’z mablag’lari hisobiga to’g’ri keladi. Loyihani qisqa muddatda sifatli yakunlash va foydalanishga topshirish uchun tadbirkorga yana qo’shimcha 5 milliard so’m bank krediti ajratiladigan bo’ldi.

Tez orada foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan turistik majmuada mehmonxona, sauna, yozgi va qishki basseyn, banketlar zali va boshqa xizmat ko’rsatish shaxobchalari joylashgan bo’lib, Rishton turistik salohiyatining yanada rivojlanishiga o’z hissasini qo’shadi. Ushbu majmuaga yondosh hududda Kulolchilik markazi ham barpo etildi. Majmuada jami 500 ga yaqin doimiy ish o‘rinlari yaratilmoqda.

Viloyat hokimi tashrif buyuruvchilar uchun qulayliklarni oshirish bo’yicha o’z tavsiyalarini berdi.































Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram