Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 141 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VA BATKEN VILOYATLARI O’RTASIDA INVESTITSIYA VA SAVDO-IQTISODIY MUNOSABATLAR YANGI BOSQICHGA OLIB CHIQILADI

×

 2023-06-08 22:38:55    613

PDF yuklash
Chop etish


Qirg’izistonning Batken viloyati gubernatorining birinchi o’rinbosari Marufxan Tulayev boshchiligidagi delegatsiya a'zolari Farg’ona va Batken viloyatlari o’rtasida investitsiya va savdo-iqtisodiy sohalarda hamkorlikni rivojlantirish maqsadida kun davomida viloyatimizda bo’lishdi.

Mehmonlar ikki guruhga bo’lingan holda Farg’ona, Marg’ilon, Quvasoy shaharlari, Toshloq, Oltiariq, Yozyovon Qo’shtepa, Farg’ona tumanlaridagi to’qimachilik korxonalari faoliyati hamda qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.

Xususan, Farg’ona shahridagi sobiq Mexanika zavodi hududida joylashgan “Forestcolor” MChJ va “Ferghana Wonderland textile” MChJ tomonidan yo’lga qo’yilgan to’qimachilik mahsulotlarini tayyorlash jarayonlari, gilam ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “Ferantep Gilam” MChJ qo’shma korxonasi faoliyati qirg’iz ishbilarmonlarida katta qiziqish uyg’otdi.

Marg’ilon shahridagi “Rashid tex” MChJ tomonidan amalga oshirilayotgan tayyor to’qimachilik mahsulotlari eksporti ko’rsatkichlari, “Marg’ilon Umar teks” MChJdagi paypoq ishlab chiqarishda erishilayotgan yutuqlar haqida ham mehmonlarga ma'lumotlar berildi.

“Merfen” MChJning xorij mahsulotlari bilan narxda ham sifatda ham baxslashishga qodir poyabzal mahsulotlari ham delegatsiya a'zolarida katta taassurot qoldirdi.

Qishloq xo’jaligi yo’nalishida Farg’ona shahrida "Uz-Segang" qo’shma korxonasi tomonidan amalga oshirilayotgan meva va sabzavotlarni saralash va qadoqlash ishlari, Yozyovon tumanidagi baliqchilikni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan tadbirlar ham mehmonlar e'tiboriga xavola etildi. Kun davomida qirg’iz delegatsiya a'zolari viloyatimiz hududlarida ko’plab ishlab chiqarish markazlari, to’qimachilik korxonalari hamda qishloq xo’jaligida amalga oshirilayotgan ishlarga guvoh bo’ldilar.

Farg’onalik tadbirkorlar jalb etilgan Marg’ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida o’tgan yakuniy uchrashuvda ikki tomon vakillari hamkorlikni kengaytirish, istiqbolli loyihalarni birgalikda yo’lga qo’yish chora-tadbirlari bo’yicha kelishib oldilar.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram