Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 43 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA ARABISTONLIK INVESTORLAR TOMONIDAN TIBBIY BUYUMLAR ISHLAB CHIQARISH ZAVODI QURISH REJALASHTIRILMOQDA

×

 2023-08-29 10:10:09    225

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev Saudiya Arabistonidan kelgan ishbilarmonlar bilan uchrashuv o’tkazdi. AQShning tibbiy asbob-uskunalar va buyumlar ishlab chiqarish va savdosi bilan shug’ullanuvchi “Medzon Health” va "Alsaadi holding" kompaniyalari boshqaruv raisi Abdul Al-Saadi va Saudiyaning “Rosemarin” kompaniyasi rahbari Bassam Al-Saadi bilan o’tgan muloqotda o’zaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Iqboljon Ergashev dastlab mehmonlarga yurtimizda investorlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, qulayliklar, Farg’ona viloyatidagi ishbilarmonlik muhiti haqida ma'lumot berdi.

2015 yilda tashkil topgan va shtab-kvartirasi AQShning Kaliforniya shtatida joylashgan “Medzon Health” kompaniyasi bugungi kunda Turkiya, Tailand, Malayziya, Xitoy, Janubiy Koreya va Yaponiya kabi davlatlarda o’z faoliyatini yo’lga qo’yganini qayd etgan doktor Al-Saadi, Farg’onada ham bir qator loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdi.

Xususan, muzokaralar davomida Quva tumanida 500 ta ish o’rniga ega tibbiy buyumlar ishlab chiqarish zavodi loyihasini amalga oshirish yuzasidan dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunida hududdagi mavjud shart-sharoitlar o’rganib chiqilib, istiqboldagi hamkorlik chora-tadbirlarini ishlab chiqishga kelishib olindi.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram