Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 147 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XITOYNING DONGFENG ELEKTROBUSLARINI, GRASEN POWER ELEKTROMOBILLAR UCHUN ZARYADLOVCHI QURILMALARINI HAMDA TUNGHSU QUYOSH PANELLARINI ISHLAB CHIQARISH REJALASHTIRILMOQDA

×

 2023-09-02 23:54:21    663

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Dongfeng Motor, Luoyang Grasen Power Technology va Tunghsu Group kabi yirik kompaniyalari vakillaridan iborat investorlar delegatsiyasini qabul qildi.

Uchrashuvda viloyatimizda Xitoyning eng yirik avtokontserni Dongfeng Motor tomonidan amalga oshirish rejalashtirilayotgan Dongfeng elektrobuslarini ishlab chiqarish loyihasi, shuningdek, Luoyang Grasen Power Technology kompaniyasi tomonidan rejalashtirilayotgan elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalarni, Tunghsu Group tomonidan quyosh panellarini ishlab chiqarish loyihalari muhokama qilindi.

Dongfeng Motor tomonidan rejalashtirilayotgan loyihaning birinchi bosqichida 4 gektar maydonda 45 mln. dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy investitsiya yo’naltirish hisobiga elektrobuslarni ishlab chiqarish yo’lga qo’yilsa, 2025 yilda yana 50 mln. dollar investitsiya kiritish hisobiga amalga oshirish ko’zda tutilayotgan ikkinchi bosqichda elektrotransportlar akkumulyatorlarini hamda boshqa butlovchi qismlarini mahalliylashtirish, shuningdek, hududlarda texnik servis xizmatlarini tashkil etish belgilangan.

Elektromobillar uchun zaryadlovchi qurilmalarni ishlab chiqarishda Xitoyning eng yirik kompaniyasi bo’lgan Luoyang Grasen Power Technology kompaniyasi tomonidan rejalashtirilayotgan loyiha bo’yicha kiritilishi ko’zda tutilayotgan investitsiya hajmi 30 mln. dollarni tashkil etishi ko’zda tutilgan.

Tunghsu Group kompaniyasi rahbarlari esa viloyatimizda quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasiga 50 mln. dollar investitsiya yo’naltirish maqsadida ekanliklarini ma'lum qilishdi.

Ushbu loyihalar hozirgi muzokaralar holatida Furqat tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.

Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov hozirda viloyatimizda Xitoy kapitali ishtirokida jami 138 ta korxona faoliyat olib borayotganini, 2022 yilda 375,1 mln. dollar Xitoy sarmoyasi jalb etilganini, bugungi kunda Xitoy bilan hamkorlikda 25 ta loyiha doirasida qiymati 1 mlrd. 224 mln. dollarlik investitsiya kiritish bo’yicha amaliy ishlar olib borilayotganini qayd etib, bugungi uchrashuvda muhokama qilingan loyihalarni ham muvaffaqiyatli amalga oshirish bo’yicha har tomonlama ko’mak berilishini ta'kidladi.

Loyihalarni amalga oshirish bo’yicha kerakli chora-tadbirlar yuzasidan Yo’l xaritasi ishlab chiqishga kelishib olindi.

Dongfeng Motor tomonidan viloyatimizda ishlab chiqarish rejalashtirilayotgan elektrobuslar modellari ham bugun viloyatimizga olib kelindi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat IIB boshlig’i Azizbek Ikramov, viloyat transport sohasi mas'ullari elektrobuslarlarga chiqib shahar bo’ylab yurib ko’rishdi va texnik xususiyatlarini baholashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram