Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 101 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYATIMIZDA “YANGI HAYOT UCHUN, YANGI O’ZBEKISTON UCHUN!" SHIORI OSTIDA TASHKIL ETILGAN "BIRINCHI QO’NG’IROQ" TADBIRLARI BO’LIB O’TDI

×

 2023-09-04 12:09:36    568

PDF yuklash
Chop etish


Bugun erta tongdan mamlakatimizning barcha hududlarida bo’lgani kabi Farg’ona viloyatida ham “Birinchi qo’ng’iroq” tadbirlari bo’lib o’tdi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Quvasoy shahridagi ixtisoslashtirilgan maktabda ham “Yangi hayot uchun, yangi O’zbekiston uchun!” shiori ostida tashkil etilgan tadbir ko’tarinkilik bilan tashkil etildi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullajon Qosimov barchani yangi o’quv yili va zamonaviy qiyofa kasb etgan maktab bilan tabrikladi. Mamlakatimizda sifatli ta'limga qaratilayotgan e'tiborning zamirida yoshlarning ilm olishi, kasb-hunar o’rganishlari turganligini qayd etdi. Tadbir doirasida viloyat hokimining o’rinbosari ta'lim dargohining 11-sinf o’quvchilariga “Mustaqillik darsi” o’tdi.

Isfayramsoy MFYda joylashgan 672 o’rinli bilim maskani 8,9 milliard so’m mablag’ evaziga butunlay qayta ta'mirlanib, o’quvchilarni o’z bag’riga oldi. Aniq va tabiiy fanlarni o’qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda 404 nafar o’quvchi tahsil olmoqda.

Tadbir ishtirokchilari ta'lim dargohida o’quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o’quv xonalari bilan yaqindan tanishdilar.

Viloyatda umumta'lim maktablarining moddiy bazasini yaxshilash, ta'lim jarayoniga innovatsiyalarni joriy etish, malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Joriy yilda Investitsiya dasturi doirasida viloyatda 17 ta umumta'lim maktablari, 8 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlarida qurilish-ta'mirlash ishlari olib borilayotgan bo’lib, mazkur maqsadlar uchun 214,2 milliard so’m mablag’ ajratilgan. Dunyodagi zamonaviy o’quv dasturlari, o’qitish metodikalarini o’rganib, yurtimiz umumta'lim maktablarida joriy qilish bo’yicha yapon ta'lim tajribasi viloyatda ommalashtirilmoqda. Yaponiyalik mutaxassis Goto Mikako jalb etilib, 2023-2024 o’quv yilida viloyatdagi 18 ta maktabda sinov tariqasida Yaponiya ta'lim tajribasini tatbiq etishga kirishilmoqda.

Yangi o’quv yilida viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi tasarrufidagi 962 ta maktabga 75 ming nafardan ziyod, 55 ta nodavlat ta'lim muassasalariga esa 2 ming 258 nafardan ortiq o’quvchilar 1-sinfga qabul qilindi. Ularga Prezident sovg’alari tantanali topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram