Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 76 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


ENAXON SIDDIQOVANI YODGA OLIB: UMR YAXSHILIKKA SAFAR BO’LSAYDI

×

 2023-09-06 18:46:09    411

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-kontsert saroyida O’zbekiston xalq shoiri, jamoat arbobi Enaxon Siddiqovaning xotirasiga bag’ishlangan “Umr yaxshilikka safar bo’lsaydi” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Viloyat hokimligi hamda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi hamkorligida o’tkazilgan kechada taniqli shoir va yozuvchilar, ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimining o’rinbosari Fayzullo Qosimov, O’zbekiston xalq shoiri Mahmud Toir, Yozuvchilar uyushmasi raisi o’rinbosari Botir Ergashev va boshqalar Enaxon Siddiqovaning adabiy merosi va ijodiy faoliyati haqida so’z yuritdi. Shoiraning ibratli umri, ezgu ishlari yodga olindi, she'rlari o’qildi, asarlari asosida sahna ko’rinishlari namoyish etildi.

Dunyoda shunday insonlar borki, doimo xalqimiz qalbida, yuragida yashaydi. O’zbekiston xalq shoiri, Farg’onaning fidoyi farzandi Enaxon Siddiqova shulardan biridir. U butun umrini ezgu ishlarga, go’zal nazm va nasr bo’stonini yaratishga bag’ishladi. Xalqimizning farovonligi, taraqqiyoti uchun sidqidildan mehnat qildi.

Uning ko’p yillik ijodiy izlanishlari mahsuli bo’lgan, el-yurtimizga, azaliy qadriyatlarimizga mehr va sadoqat tuyg’usi mahorat bilan tarannum etilgan “Qorako’z turnalar”, “Ko’nglim ufqlari”, “So’z ustidagi dunyo”, “E'zozli ayollar”, “Ona haqida qo’shiq”, “Barxanlarda ungan gul” singari o’nlab asarlari kitobxonlar qalbidan munosib joy egalladi.

Enaxon Siddiqova 2001 yildan 2023 yil yanvar oyiga qadar O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Farg’ona viloyati bo’limi rahbari sifatida qizg’in mehnat qildi. U viloyatda adabiyot, madaniyat va san'atni rivojlantirish, joylarda ilm-fan va kitobxonlikni keng targ’ib qilish orqali xalqimiz ma'naviyatini yuksaltirish borasida samarali xizmat qildi. Yuzlab yoshlarga ustozlik qilib, ularning salohiyatini ro’yobga chiqarishda tashabbuskor bo’ldi.

Ayniqsa, Farg’ona viloyatida O’zbekiston Qahramoni, ulug’ o’zbek shoiri Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabini tashkil etish va uning faoliyatini yo’lga qo’yishda chinakam jonbozlik ko’rsatib xizmat qildi.

Enaxon Siddiqovaning o’zbek adabiyoti va madaniyatini rivojlantirish borasidagi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib taqdirlandi. U “O’zbekiston xalq shoiri” faxriy unvoni, “El-yurt hurmati” va “Do’stlik” ordenlari bilan taqdirlangan edi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram