Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 74 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA "BIZ BIR BO’LSAK, YAGONA XALQMIZ, BIRLASHSAK - VATANMIZ" SHIORI OSTIDA YOSHLAR FESTIVALI BO’LIB O’TDI

×

 2023-09-09 21:24:30    530

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Istiqlol” stadionida “Biz bir bo’lsak, yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz” shiori ostida yoshlar festivali hamda galakontsert dasturi bo’lib o’tdi.

Festival doirasida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i, general-mayor Azizbek Ikramov ishtirokida “General va yoshlar”, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondoni birinchi o’rinbosari Jamshid Karimov ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvlari tashkil etildi.

Shuningdek, viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i Maqsud Mamatxonov hamda Markaziy bankning viloyat bosh boshqarmasi boshlig’i Shavkatjon Do’saliyev tadbirkorlik qilish istagida bo’lgan yoshlar bilan muloqot qildilar. Uchrashuvlarda yoshlar o’zlarini qiziqtirgan savol va takliflar bilan faollik ko’rsatishdi.

Festival davomida viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari faoliyatini o’zida aks ettirgan ko’rgazmalar, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi tashabbusi bilan kitob yarmarkalari tashkil etildi.

Bundan tashqari, Sharqiy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonligi, Milliy gvardiya viloyat bo’yicha boshqarmasi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy texnika va qurol-aslahalari, kiyim-kechak va oziq-ovqat mahsulotlari ko’rgazmalari ham barchada katta taassurot qoldirdi.

Milliy sport o’yinlari, stol tennisi, armrestling, kamondan o’q otish, shaxmat, shashka kabi qiziqarli musobaqalarda va yosh rassomlar ko’rgazmalarida ham o’g’il-qizlar o’z imkoniyatlarini namoyish etdilar.

Yakunda san'atkorlar ishtirokida galakontsert dasturi, harbiy orkestr ijrosidagi kuy-sadolar, harbiylar va “Vatanparvar” tashkilotining ko’rgazmali namoyishlari yig’ilganlarga ko’tarinki kayfiyat ulashdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram