Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 111 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADAGI MARKAZIY OSIYO TIBBIYOT UNIVERSITETINING YANGI BINOSI FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2023-09-29 16:49:55    528

PDF yuklash
Chop etish


O’qituvchi va murabbiylar kuni arafasida Farg’ona shahrida Markaziy Osiyo tibbiyot universitetining (Central Asian Medical University) yangi binosi foydalanishga topshirildi. Tantanali tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyatdagi oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, qator xorijiy davlatlardan taniqli tibbiyot sohasi olimlari, universitet jamoasi, talabalar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

O’tgan 2022 yilda ish boshlagan universitetning yangi binosi loyiha qiymati 17,5 mln. dollarni tashkil etib, loyihaning birinchi bosqichida 11 mln. dollar sarflandi, ikkinchi bosqichi uchun yana 6,5 mln. dollar miqdorida mablag’ sarflanishi rejalashtirilgan. Hozir birinchi bosqich qurilish va ta'mirlash ishlari yakunlandi, o’quv jarayoni uchun 1 mlrd. 200 mln. so’mlik o’quv va badiiy adabiyotlar, 5 million dollar miqdoridagi o’quv laboratoriya jihozlari xarid qilindi. Universitetning 1- va 2-o’quv binolari va klinikasida 3 ming nafar talaba uchun o’rin yaratilgan.

Ochilish tadbirida so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ta'lim sohasi vakillarini O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklab, ushbu universitet Markaziy Osiyoda tibbiyot sohasida o’zining o’rniga ega, malakali mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta'lim maskani bo’lishiga umid bildirdi. Bugungi kunda Davlatimiz rahbari tomonidan barcha bosqichlardagi ta'lim tizimini rivojlantirish masalasiga qaratilayotgan yuqori e'tibor natijasida ta'lim qamrovi va sifati oshib borayotganini qayd etgan viloyat hokimi, bugun viloyatda oliygohlar soni 13 taga yetganini, ularda ta'lim olayotgan talabalar soni 76 ming nafardan ortib, keyingi 5 yil ichida 2,5 barobarga o’sishga erishilganini ta'kidladi.

Ramziy lenta qirqilib, mehmonlar universitet binosi ichida yaratilgan sharoitlar va qulayliklar bilan tanishdilar.

Universitetda hozirda davolash ishi, stomatologiya va pediatriya yo’nalishlarida 1800 nafardan ortiq talaba tahsil olmoqda va 127 nafar professor-o’qituvchilar, jumladan 8 nafar fan doktori, 24 nafar fan nomzodi dars mashg’ulotlarini olib bormoqdalar. 7 nafar xorijlik professor-o’qituvchi ham jalb etilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram