Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 72 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA RAQAMLI TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH BO’YICHA BMT TARAQQIYOT DASTURI BILAN HAMKORLIKDA TASHKIL ETILGAN MINTAQAVIY KONFERENTSIYA O’Z ISHINI BOSHLADI

×

 2023-10-10 11:33:45    670

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida Farg’ona vodiysida raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha 2 kunlik mintaqaviy konferentsiya o’z ishini boshladi. BMT Taraqqiyot dasturining Kambag’allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda amalga oshiriyotgan loyihasi doirasida IT Park Uzbekistan bilan birgalikda tashkil etilgan konferentsiyaga vodiy viloyatlari bilan birga Qirg’iziston va Tojikistonning vodiyga chegaradosh hududlari tadbirkorlari ham taklif etildi.

Tadbir maqsadi Farg’ona vodiysidagi Ay-Ti tadbirkorlari hamda xususiy sektor bilan davlat va nodavlat tashkilotlari o’rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga ko’maklashish, raqamli tadbirkorlik vakillari bilan birgalikda mintaqada raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishning hozirgi holati, rivojlanish muammolari va mavjud hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish va yangi hamkorlik aloqalarini o’rnatishdan iborat.

Mintaqaviy konferentsiyani ochilish qismida viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev so’z olib, Ay-Ti sohasining bugungi kundagi ahamiyati katta ekanligi haqida to’xtaldi, aynan ushbu konferentsiyani Farg’onada o’tkazilishining sababi ham Qo’qon va Marg’ilon shaharlarida tashabbuskor tadbirkorlar ko’pligi, ularning intilishlarini hisobga olib, Ay-Ti tarmoqlari orqali hamkorlik natijasida mahsulotlar tovar aylanmasi hamda daromadlarning ortishi haqida fikrlarini bildirdi. Konferentsiya ishiga muvaffaqiyat tiladi.

Anjuman davomida “Farg’ona vodiysida raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish holati”, “Raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishda davlat, tijorat va notijorat tashkilotlarning o’rni va vazifalari”, “Axborot texnologiyalari yo’nalishidagi ta'lim” va “Raqamli tadbirkorlikni rivojlantirishdagi hamkorlik” kabi mavzularda taqdimotlar o’tkaziladi.

Shuningdek, Farg’ona vodiysida IT-biznesmenlar tarmog’ini yaratish tashabbusi va “Raqamli Farg’ona Vodiysi” kontseptsiyasini ilgari surish ham muhokama qilinadi. Ushbu tarmoq raqamli biznes, davlat, tijorat va notijorat tashkilotlarni sohada birlashtirib, Farg’ona vodiysida hamkorlik ruhini uyg’otadigan faoliyatni yo’lga qo’yishi kutilmoqda.

Konferentsiya ishtirokchilari Marg’ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markaziga tashrif buyurib, u yerdagi sharoitlar bilan tanishishlari ham rejalashtirilgan.

Mintaqaviy konferentsiya ertaga, 11 oktyabr kuni ham davom etadi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram