Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< May 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 27 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI DELEGATSIYASINING XITOYGA AMALIY TASHRIFI DAVOMIDA ERISHILGAN KELISHUVLAR DOIRASIDA QATOR YANGI LOYIHALARNI AMALGA OSHIRISHGA KIRISHILMOQDA

×

 2023-10-12 21:23:51    308

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov xitoylik investorlar guruhini qabul qildi.

Viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining joriy yil sentyabr oyida Xitoyga amaliy tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarning davomi bo’lgan bugungi uchrashuvda, viloyatimiz hududida to’g’ridan to’g’ri Xitoy sarmoyasi hisobidan amalga oshirish rejalashtirilayotgan loyihalar muhokama qilindi.

Farg’ona shahridagi “Baqay” kichik sanoat zonasida joylashtirish ko’zda tutilayotgan misni qayta ishlash korxonasiga yaqin kunlarda tamal toshi qo’yilishi ma'lum qilindi.

Uch bosqichda Farg’ona viloyatida elektromobillar ishlab chiqarish rejalashtirilgan loyihaning birinchi bosqichida Farg’onada Xitoy avtomobillarini sotish uchun avtosalon ochishga kirishilmoqda. Aholining talabini o’rganish natijasida talab yuqori bo’lgan turdagi avtomobillar belgilanib, ikkinchi bosqichda ularni viloyatimiz hududida yig’ish yo’lga qo’yiladi. Uchinchi bosqichda esa avtomobil ishlab chiqarishni to’la mahalliylashtirish ko’zda tutilgan.

Shuningdek, tabiiy hamda sun'iy aralashmali matolar to’qish, ularni qayta bo’yash va gul bosish korxonasini tashkil etish bo’yicha investitsion loyiha ustida ham ish olib borilayotgani haqida viloyat hokimiga ma'lumot berildi.

Xayrullo Bozorov viloyatimiz iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan ushbu loyihalarni qo’llab-quvvatlab, ularni tez va muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun har tomonlama ko’maklashishga tayyor ekanliklarini qayd etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram