Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 100 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYNING RUISU KOMPANIYASI FARG’ONADA ELEKTROMOBILLARNI QUVVATLASH USKUNALARINI ISHLAB CHIQARISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2023-10-28 20:14:17    9523

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning Ruisu kompaniyasi direktori Maykl Chen boshchiligidagi kompaniya vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda Ruisu kompaniyasi tomonidan viloyatimiz hududida elektromobillarni quvvatlash uskunalarini ishlab chiqarish bo’yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan investitsion loyiha muhokama qilindi.

O’zbekistonda elektromobillar jadal ommalashib borayotganini qayd etgan Maykl Chen, kompaniya viloyatimiz hududida o’z korxonasini qurib bitkazishi ma'lum bir vaqt olishini, bu davrga qadar viloyatda bo’sh turgan va faoliyat ko’rsatmayotgan bino-inshootlardan belgilangan tartibda ijaraga joy ajratib berilsa, qisqa muddatda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yishga tayyor ekanliklarini ma'lum qildi.

Viloyat hokimi ushbu loyihani har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirib, Farg’ona, Quvasoy va Qo’qon shaharlarida mavjud bo’sh turgan bino-inshootlarni tanlov uchun taklif etilishini ma'lum qildi. 

Kelgusi haftada Ruisu kompaniyasi bosh direktorining viloyatimizga tashrifini tashkil etish hamda loyihaning amalga oshirish bo’yicha muzokaralarni yakuniy bosqichda davom ettirishga kelishib olindi.

Ruisu kompaniyasi vakillari tomonidan keltirilgan elektromobillarni quvvatlash uskunalari viloyat hokimiga namoyish etildi, xitoyliklar ularning texnik xususiyatlari haqida ma'lumot berdilar.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Iqboljon Ergashev ham ishtirok etdi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram