Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 141 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA TURKIYA INVESTITSIYASI HISOBIGA KO’Z KASALLIKLARINI LAZERLI DAVOLASHGA IXTISOSLASHGAN KLINIKA TASHKIL ETILMOQDA

×

 2023-11-02 11:31:40    6201

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyaning Senomed international kompaniyasi hammuassisi Nurkan Toksoyni qabul qildi. Uchrashuvda viloyatimiz va Turkiya ishbilarmonlari hamkorligiga hissa qo’shib kelayotgan tadbirkorlar Bilal Shirin va Jem Sezer ham ishtirok etdi.

Uchrashuvda Turkiya investitsiyasi hisobiga Farg’onada amalga oshirishga kirishilayotgan ko’z kasalliklari klinikasi tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.

Loyiha qiymati 2 million dollardan ziyod bo’lgan ushbu klinikada, ekzimer lazer yordamida ko’rishni yomonlashishi bilan bog’liq ko’z kasalliklarini davolash imkoniyati yaratiladi.

Turkiyadagi ko’plab klinikalarga ko’z kasalliklarini davolash jihozlari yetkazib berishda uzoq yillik tajribaga ega Senomed international kompaniyasi innovatsion jihozlar hamda innovatsion davolash usullari bilan yaxshi tanish ekanini qayd etgan Nurkan Toksoy, Farg’onada tashkil etiladigan klinikaga Turkiyada ko’z kasalliklari sohasida yetuk professorlarni jalb etish va mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirib borish rejasi borligini bildirdi.

Loyihani Farg’onada mavjud bo’sh turgan bino-inshootlarda ijara asosida joylashtirish borasida ko’mak beriladigan bo’ldi, kelgusi bosqichda investorlar tomonidan Ekoshahar hududida alohida ko’z kasalliklari klinikasi binosi qurib bitkazilishiga kelishildi.

Yangi klinika kelgusi 2024 yilning boshida faoliyat boshlashi ko’zda tutilmoqda.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram