Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 133 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SINGAPUR KOMPANIYASI FARG’ONADA QISHLOQ XO’JALIGI SOHASIDA SUVNI NAZORAT QILISH VA UNING HISOBINI YURITISHDA O’Z INNOVATSION TEXNOLOGIYALARI BILAN ISHTIROK ETISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2023-11-02 11:46:55    6262

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Singapurning Exciton Systems kompaniyasi vakillarini qabul qildi. Uchrashuvda Farg’ona viloyatida qishloq xo’jaligi sohasida suvni nazorat qilish va uning hisobini yuritish uchun aqlli texnologiyalarni joriy etish masalasi muhokama qilindi.

Suvga bo’lgan talab va ehtiyoj har qachongidan tobora ortib borayotgan, butun dunyoda suv tanqisligi kuzatilayotgan hozirgi vaziyatda mamlakatimizda ham suv resurslaridan foydalanish tubdan isloh qilinayotganini qayd etgan viloyat hokimi, sohaga innovatsion texnologiyalarni jalb etishni har tomonlama qo’llab-quvvatlashga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Farg’ona viloyati irrigatsion tizimlarini yangilashda ishtirok etishga tayyor ekanliklarini bildirgan Exciton Systems kompaniyasi vakillari, ular taklif etayotgan texnologiyalar suvning hisobini yuritish, suv hajmini monitoring qilish, tahliliy ma'lumotlar jamlash bilan birga, qishloq xo’jaligi uchun yangi bo’lgan bashoratlash tizimini ham o’z ichiga olishini bildirishdi. Kompaniya o’z texnologiyalarini joriy etish jarayonini moliyalashtirishga ham tayyor ekanligi ma'lum qilindi.

Taklif etilayotgan texnologiyalar joriy etilgan mamlakatlarda ularning samaradorligi darajasini joyida o’rganish uchun viloyat hokimligi vakillarini tashrifini tashkillashga kelishib olindi. O’rganish natijalariga ko’ra, hamkorlik bo’yicha muzokaralar davom ettiriladigan bo’ldi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram