Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 97 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMINING NAVBATDAGI SAYYOR FUQAROLAR QABULI BO’LIB O’TDI

×

 2023-11-04 21:35:16    4502

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Farg’ona shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi faollar zalida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan navbatdagi sayyor fuqarolar qabuli o’tkazildi.

Qabulda viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig’i Azizbek Ikramov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig’i Maqsud Mamatxonov, shuningdek, viloyat hokimligining bo’limlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari, davlat va tijorat banklari rahbarlari ham ishtirok etdilar.

To’qqiz soatdan ortiq davom etgan qabulda viloyatning shahar va tumanlaridan viloyat hokimining shaxsiy qabulini so’rab murojaat qilgan 400 nafarga yaqin fuqarolarning turli yo’nalishdagi masalalari har tomonlama ko’rib chiqildi.

Jumladan, uy-joy, bandlik, moddiy yordam, yashash sharoitlarini yaxshilash, tadbirkorlik faoliyatini qayta tiklash, tibbiy xizmatlar, xorijda jarrohlik amaliyotlari o’tkazishga ko’maklashish, bank krediti ajratish, kredit to’lovlarida ko’maklashish, subsidiyalar ajratish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, gaz, elektr, suv ta'minoti kabi masalalarda murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida murojaatlarning ko’pi o’z yechimini topgan bo’lsa, hal etilishi uchun muddat talab etiladigan murojaatlarni mutasaddilarga qo’shimcha o’rganish bo’yicha topshiriqlar berilib, ijrosi qat'iy nazoratga olindi. Qonuniy jihatdan qanoatlantirish imkoniyati mavjud bo’lmagan murojaatlar bo’yicha tegishli tushuntirishlar berildi. Sud va huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga doir masalalar yechimi soha rahbarlari tomonidan nazoratga olindi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram