Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 237 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XALQ DEPUTATLARI VILOYAT KENGASHINING NAVBATDAGI SESSIYASI BO’LIB O’TDI

×

 2023-11-07 13:17:12    3156

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida Xalq deputatlari Farg’ona viloyat Kengashining navbatdagi oltmishinchi birinchi sessiyasi bo’lib o’tdi. Sessiyani viloyat hokimi, xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Xayrullo Bozorov olib bordi. Sessiya ishida viloyatdan saylangan Oliy Majlis Senati a'zolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining o’rinbosarlari, viloyat boshqarma va tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi “2023 yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-57-son qaroriga asosan viloyatda ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko’rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali hududlarda energiya taqchilligi qoplanishini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokamasi sessiya kun tartibining asosiy masalasi bo’ldi. 

Masala yuzasidan hisobot uchun so’z olgan viloyat hokimining o’rinbosari Xojiqo’zijon Isaqov, viloyatda elektr tarmoqlarini modernizatsiya qilish va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish bo’yicha Respublika byudjetidan 182 mlrd. so’m, viloyat mahalliy byudjetidan 40,5 mlrd.so’m – jami 222,5 mlrd. so’m ajratilganini, bu o’tgan yilga nisbatan deyarli 2 barobar ko’pligini ma'lum qildi.

Joriy yilda 501,4 km elektr tarmoqlari va 239 ta transformator punktlarini yangilash va rekonstruktsiya qilish, hududiy elektr tarmoqlaridagi yuqori kuchlanishli 35/110 kVli 6 ta podstantsiya va 37 ta moyli o’chirgichlar, past kuchlanishli 2982 km elektr tarmoqlari va 987 ta transformator punktlari mukammal ta'mirlanishi, 5 ta yuqori kuchlanishdagi podstantsiyalar katta quvvatlisiga almashtirilishi, magistral elektr tarmoqlaridagi yuqori kuchlanishli 74,4 km. elektr tarmoqlari va 1 ta “O’zgarish” podstantsiyasi mukammal ta'mirdan chiqarilishi belgilangan bo’lib, rejadagi ishlar deyarli yakunlangani bildirildi.

Yuklama tig’iz davrida energiya iste'molini optimallashtirish maqsadida viloyatdagi barcha yirik sanoat korxonalari kuz-qish mavsumida ikki smena o’rniga uch smenada ish tashkil etishga o’tkazilayotgani ta'kidlandi.

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko’rish maqsadida 218 ta brigadalar va 99 ta maxsus transport vositalari shay holatga keltirilib, 144 km kabel, 22 tonna ochiq sim, 129 dona transformator, 331 dona mufta, 110 dona tayanch, 5 640 dona izolyator, 83 tonna transformator moyi zahirasi yaratilgani qayd etildi.

2023-2024 yillar kuz-qish mavsumida viloyatdagi aholi, ijtimoiy soha ob'ektlari va tadbirkorlik sub'ektlariga jami 1108,5 ming tonna ko’mir yoqilg’isi yetkazib berish rejalashtirilgani, hozirgi kunga qadar buning 898,1 ming tonnasi yetkazib berilgani ma'lum qilindi. Aholi xonadonlari uchun joriy kuz-qish mavsumida jami 292,1 ming tonna ko’mir yetkazib berish ko’zda tutilgan bo’lib, bugunga qadar 202,1 ming tonna ko’mir yetkazilgani, bu jarayon davom etayotgani bildirildi. Solishtirish uchun, o’tgan yilgi kuz-qish mavsumi davomida jami 98 ming tonna ko’mir aholiga yetkazilgan.

Birinchi masala yuzasidan “O’zenergoinspektsiya” Farg’ona viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Avaz Temirov, “Hududgaz Farg’ona” gaz ta'minoti filiali rahbari Shavkatjon Abdumajidov, “Farg’ona HETK” rahbari Azizbek Saydaliyev, viloyat “Issiqlik manbai” ishlab chiqarish davlat korxonasi boshlig’i Ibrohim Sotvoldiyevning hisobotlari ham eshitildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram