Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 158 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLTIARIQ VA UCHKO’PRIK TUMANLARIDA IJTIMOIY SOHA OB'EKTLARI ISITISH TIZIMLARINI KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORLASH DARAJASI KESKIN TANQID QILINDI, QATOR TUMANLARDA ISHLARNI TEZLASHTIRISH YUZASIDAN KO’RSATMALAR BERILDI

×

 2023-11-13 15:00:12    1493

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari ishtirokida O’zbekiston tumanidagi 49-umumta'lim maktabida viloyatimizdagi ijtimoiy soha ob'ektlari isitish tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo’yicha muhokama yig’ilishi o’tkazildi. 

Yig’ilishda viloyatimizdagi shahar va tumanlar hokimlari va sektorlari rahbarlari, masala bilan aloqador viloyat mutasaddi tashkilotlari rahbarlari, ijtimoiy soha ob'ektlari bo’yicha bitim imzolagan xususiy sheriklar ishtirok etdilar. O’zbekiston tumani hokimligi va xususiy sherik –“Fergana Avtomat Raschot” MChJ o’rtasida tuzilgan bitim doirasida bu borada amalga oshirilayotgan ishlar namunali tarzda tashkil etilgani e'tirof etildi. 

Yig’ilishda O’zbekiston Prezidentining “Ijtimoiy soha ob'ektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish to’g’risida”gi PQ-118-son Qarori ijrosi doirasida viloyatdagi davlat ijtimoiy soha ob'ektlarini ko’mir yoqilg’isiga o’tkazish orqali kuz-qish mavsumida issiqlik energiyasi bilan uzluksiz ta'minlash, qozonxonalarni modernizatsiya qilish hamda muassasalarning issiqlik tizimini ta'mirlash va belgilangan me'yorlarda ishlashini ta'minlashni davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektor ishtirokida joriy etish bo’yicha amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi.

Viloyat hokimining o’rinbosari Xojiqo’zijon Isaqov, viloyatning 19 ta shahar va tumanlarida jami 2455 ta ijtimoiy soha ob'ektlari isitish tizimlarini DXSh asosida modernizatsiya qilish belgilanganini ma'lum qilib, ushbu ob'ektlarning ekspluatatsiya xarajatlari uchun jami 176,2 mlrd. so’m mablag’ ajratilganini, loyihalarning modernizatsiya qilish qiymati 321,6 mlrd. so’mni tashkil etib, buning 141,2 mlrd. so’m qismi davlat byudjeti mablag’lari hisobidan ajratib berilganini ma'lum qildi.

Viloyat hokimining o’rinbosari, Prezident qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, shahar va tumanlarda muassasalarni ichki isitish tizimlarini ta'mirlash, radiatorlar o’rnatish, yangi zamonaviy tejamkor isitish qozonlarini o’rnatish hamda ko’mir jamg’arish ishlarining borishi yuzasidan hisobot berdi.

Muhokamalarda Oltiariq va Uchko’prik tumanlarida ijtimoiy soha ob'ektlari isitish tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash darajasi keskin tanqid qilindi, ushbu tumanlar hokimlari va sektorlari rahbarlari jiddiy ogohlantirildi, Rishton, Buvayda, Beshariq, Toshloq, Dang’ara, Yozyovon, Quva tumanlarida ishlarni jadallashtirish vazifasi belgilandi.

Barcha rahbarlarga va mutasaddilarga, xususiy sheriklarga davlat ijtimoiy soha ob'ektlari isitish tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo’yicha belgilangan muddatlarda va sifatda ish tashkil etish yuzasidan qat'iy topshiriq berildi.

Xususiy sheriklarga o’zlariga biriktirilgan ijtimoiy ob'ektlarda faoliyat olib boradigan ishchilarni zamonaviy isitish qozonlari bilan ishlashni o’rgatish bo’yicha ish tashkil etish, ular bilan mehnat shartnomasini qonunchilik talablari asosida rasmiylashtirish yuzasidan ko’rsatma berildi.

Viloyat Davlat moliyaviy nazorati boshqarmasiga bajarilayotgan ishlar sifatini, davlat byudjeti hisobidan ajratilgan mablag’lar to’g’ri sarflanishini nazoratini kuchaytirish topshirig’i berildi.

20 noyabr kuni viloyatimizdagi davlat ijtimoiy soha ob'ektlari isitish tizimlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo’yicha yakuniy muhokama yig’ilishi o’tkazilishi ma'lum qilinib,barcha mas'ullarga ushbu muddatga qadar belgilangan vazifalarni to’la yakunlash vazifasi yuklatildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram