Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 245 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TUMANIDAGI “SHAKAROBOD” MAHALLASI OBOD VA KO’RKAM QIYOFA KASB ETDI

×

 2023-11-13 16:08:08    1205

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari, shahar va tumanlar hokimlari hamda sektorlari rahbarlari bilan birgalikda O’zbekiston tumanidagi “Shakarobod” mahalla fuqarolar yig’inida “Obod xonadon – obod ko’cha – obod mahalla” mezonlarini joriy etish bo’yicha olib borilgan keng ko’lamdagi obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi.

E'tiborlisi, ushbu ishlar bevosita tuman hokimligi tashabbusi bilan, ichki imkoniyatlardan kelib chiqib, homiylik va hashar yo’li bilan, shuningdek manzilli dasturlar va “Tashabbusli byudjet” kabi loyihalar asosida uyushqoqlikda amalga oshirildi. Bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlariga jami 4 mlrd. 700 mln. so’mdan ziyod mablag’ sarflandi. 

Mahallani namunali hududga aylantirish borasida belgilangan kompleks chora-tadbirlar ijrosi doirasida undagi mavjud 14 ta ko’cha va ularda joylashgan 520 ta xonadon, ijtimoiy soha ob'ektlari va boshqa infratuzilmalar yangicha qiyofa kasb etdi.

Tuman hokimligi, sohaviy tashkilotlar vakillari, sektor va mahalladagi “beshlik”dan iborat ishchi guruhi vakillari ishtirokida har bir xonadon xatlovdan o’tkazilib, mavjud muammolar uyma-uy yurib o’rganildi. Aholining turli masalalardagi murojaatlarini hal etish choralari ko’rildi. 

Xususan, murojaatlar asosida 42 nafar ishsiz fuqarolarning bandligi ta'minlanib, 4 nafar ishsiz fuqarolarga imtiyozli kreditlar ajratildi. Hududda tadbirkorlikni rivojlantirish, ishchi o’rinlari yaratilishini kengaytirish maqsadida 2 ta yangi xo’jalik yurituvchi sub'ekt tashkil etildi. O’rganishlar davomida 470 ga yaqin xonadonda obodlik ishlari bajarilib, ehtiyojmandligi bo’lgan 10 ga yaqin xonadonlar homiylik yo’li bilan ta'mirlab berildi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram