Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 170 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDA NOQONUNIY QURILISHLAR VA YERNI O’ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH MASALALARI BO’YICHA NAZORAT YANADA KUCHAYTIRILADI

×

 2023-11-14 19:20:20    1250

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Farg’ona shahridagi o’rganishlari davomida bugun shaharning Beshbola va 22-Mustaqillik MFY hududlarida ham bo’lib, obodonlashtirish ishlarining borishi va yer qonunchiligi talablariga rioya etilishi bo’yicha mavjud holat bilan tanishdi.

Hududda shahar hokimligi zahirasida bo’lgan yo’l chetidagi yerlarni shaxsiy foydalanish uchun o’zboshimchalik bilan devorlar bilan o’rab olish, noqonuniy qurilishlarni amalga oshirishga kirishish hamda yerdan samarasiz foydalanish holatlari aniqlandi. Obodonlashtirish ishlari samarali tashkil etilmagani ko’zga tashlandi.

Mutasaddi tashkilotlar aralashuvi bilan noqonuniy qurilishi boshlangan ob'ektlar o’z egalari tomonidan buzib olishga kirishildi. Qurilishlar o’rni, shuningdek shaxsiy maqsadda foydalanib kelinayotgan maydonlar tezkor tartibda tozalanib, o’rniga manzaralari daraxtlar ekilishini ta'minlash, hududda yashil makon tashkil etish bo’yicha shahar hokimi va mas'ullarga qat'iy topshiriq berildi.

 Noqonuniy qurilishlar va yerni o’zboshimchalik bilan egallab olish holatlari yuzasidan nazoratni yanada kuchaytirish bo’yicha tizimli ish tashkil etish choralari belgilandi.

Farg’ona shahrining Beshbola hamda Quvasoy shahrining Qo’chqorchi MFYlari o’rtasida joylashgan Isfaramsoy hududi ham ko’zdan kechirildi. 100 gektarga yaqin maydonni egallagan mazkur joy kuchli yog’ingarchilik mavsumida sel kelish xavfi mavjud hudud hisoblanadi va shu sababdan samarali foydalanilmay kelinadi. 

Ma'sullarga ushbu maydonni foydalanishga kiritish uchun malakali mutaxassislarni jalb etgan holda ehtimoliy suv oqimi uchun jamlovchi kanalni ko’zda tutgan holda xavfsizlik talablariga to’la javob beradigan kontseptsiya ishlab chiqish vazifasi topshirildi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram