Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 114 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARGʻONA VILOYATI HOKIMIGA YANGI O‘RINBOSAR TAYINLANDI

×

 2023-11-28 19:23:09    3037

PDF yuklash
Chop etish


O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya va madaniy hamkorlik departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelgan Mamajonov Nuriddin Yoqubjonovich Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Bugun viloyat hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimining tegishli qarori o‘qib eshittirilib, Nuriddin Mamajonov viloyat hokimining o‘rinbosari sifatida tanishtirildi.

Nuriddin Mamajonov 1982-yil 27-iyulda Quvasoy shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini hamda Markaziy Bogema universitetini (Praga) tamomlagan. Yevropa amaliy fanlar va menejment institutida (Praga) Biznes boshqaruv doktori (DBA) ilmiy darajasini olgan. 

Mehnat faoliyati davomida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida, Adliya vazirligida turli mas’ul lavozimlarda ishlagan. O‘zbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasida, Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasida faoliyat olib borgan. 2022-2023-yillarda O‘zbekistonning Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lgan. 

Nuriddin Mamajonov tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Iqtisodiy diplomatiya va madaniy hamkorlik departamenti direktorining birinchi o‘rinbosari – Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

2021-yil may oyidan 2023-yil noyabrga qadar Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib borgan Iqboljon Ergashev Prezident qaroriga asosan Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlangandi.