Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 51 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLTIARIQ UZUMLARI AQSH BOZORIGA KIRIB BORDI: ENDI QO’SHMA SHTATLARDAGI SUPERMARKETLARDA OLTIARIQNING “KELIN BARMOQ” NAVLI UZUMLARI DOIMIY SOTILADI!

×

 2023-12-16 14:57:32    5205

PDF yuklash
Chop etish


Oltiariq tumanida yetishtirilgan uzumlar AQSh bozoriga ham kirib bordi. Tumandagi “Sherakhun” xususiy korxonasi tomonidan joriy yil noyabr oyi boshlarida sinov tariqasida Qo’shma Shtatlarga yuborilgan 1 tonna uzum “NetCost” oziq-ovqat savdo markazlari tarmog’ining Nyu-York nuqtalariga qadoqlanib tarqatildi va ikki kunning ichida talash bo’lib sotildi. Bu jarayonda AQShning Qishloq xo’jaligi departamenti va Oziq-ovqat mahsulotlarni sanitar nazorati boshqarmasi (FDA) tomonidan Oltiariq uzumlarining eksport uchun meva karantin talablariga mosligi o’rganib chiqildi va ijobiy xulosa taqdim etildi.

Bundan kelib chiqib, Amerikadagi yirik supermarketlar bilan hamkorlik qiluvchi “E.L.A. Superior Produce Inc.” kompaniyasi bilan “Sherakhun” xususiy korxonasi o’rtasida doimiy eksport shartnomasi imzolandi. Shartnomaga ko’ra, dastlabki partiyada 250 tonna Oltiariqning “Kelin barmoq” navli uzumi samolyotlarda yetkazib beriladi va bu doimiy davom etadi. Amerika kompaniyasi kelajakda tezkor yetkazib berishni ta'minlash maqsadida Oltiariq tumanida FDA litsenziyasidan o’tgan AQSh meva-sabzavot bazasini yaratib, u yerni o’zida xorijiy standart talablari asosida karantin ruxsatnomasi rasmiylashtirilish va qadoqlash tizimini yo’lga qo’yish uchun sarmoya kiritishga qaror qildi.

Tadbirkor Shavkatjon Aliqulov rahbarligidagi “Sherakhun” xususiy korxonasi Rossiya va Belarus davlatlariga ham Oltiariq uzumlarini eksport qilib keladi. Ayniqsa, Belarus bozoriga joriy yil boshida jadal kirib borib, hozirda ushbu mamlakatdagi “Dobronom”, “Sosedi”, “Korona”, “Grin” kabi 7 ta yirik supermarketlar tarmoqlariga doimiy uzum yetkazib berilmoqda. Xususiy korxona tomonidan Oltiariqda barpo etilayotgan 400 tonna hajmdagi meva-sabzavot ombori yangi yilga qadar ishga tushiriladi.

Viloyatimizning Oltiariq tumani o’z uzumchilik maktabini yaratgan hudud sifatida Respublikamizda juda mashhur. Viloyatdagi 8288 gektar uzum bog’laridan 3284 gektari aynan Oltiariq tumanida joylashgan. 2023 yilda viloyatda yetishtirilgan 208 400 tonna uzum hosilining 61 800 tonna qismi ham Oltiariq tumani hissasiga to’g’ri keladi.

Ma'lumot o’rnida qayd etish lozimki, joriy yilda Rishton tumanidagi Shokirjon Ahmadjonov rahbarligidagi “Mingboshi keramik” kulolchilik klasteri ham o’z mahsulotlarini AQShga keng eksportini yo’lga qo’ydi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram