Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 105 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV VILOYAT BOLALAR KO’P TARMOQLI TIBBIYOT MARKAZIDA DAVOLANAYOTGAN BOLALARGA YANGI YIL SOVG’ALARINI TOPSHIRDI

×

 2023-12-29 15:33:57    6846

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov bilan birga bugun viloyat bolalar ko’p tarmoqli tibbiyot markazida bo’lib, onkogematologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya va chaqaloqlar xirurgiyasi bo’limlarida davolanayotgan 48 nafar bolalar va ularning onalarini Yangi yil bilan tabrikladi, bayram sovg’alarini topshirdi. Viloyat rahbari bolalar va ularning onalariga dalda berdi, tezroq sog’ayib ketishlarini tiladi.

Davlatimiz rahbarining onalik va bolalikni muhofaza qilishga bo’lgan alohida e'tiborlari natijasida va qarorlari ijrosi doirasida barpo etilgan, bir yil avval – 2022 yil 27 dekabrda foylalanishga topshirilgan 3 qavatli onkogematologiya, kardioxirurgiya, neyroxirurgiya va chaqaloqlar xirurgiyasi bo’limlari binosi, eng ilg’or xorijiy jihozlar bilan ta'minlanib, bemor bolalar va ularning ota-onasi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Bolalarning davolanishi bilan birga ta'lim-tarbiyasi ham e'tiborda. Bu yerda “Zamin” fondi tomonidan tashkil etilgan “Mehrli maktab” va “Ilk qadam” nomli maktab va bog’cha go’shalarida bolalar bilim olib, qiziqarli mashg’ulotlarni o’rganmoqda.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram