Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 245 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA SHAHRIDAGI FAOLIYATI TUGATILGAN KARER HUDUDI TEKISLANIB, 16 GEKTARDAN ZIYOD MAYDONDA KICHIK SANOAT ZONASI TASHKIL ETILMOQDA

×

 2024-02-01 15:28:18    1015

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov viloyat sektorlari rahbarlari bilan birga Farg’ona shahridagi O’rmonchilar MFYda faoliyati tugatilgan karer hududini tekislash ishlarini ko’zdan kechirdi.

Farg’ona ko’priklardan foydalanish unitar korxonasi balansida bo’lgan, 16 gektardan ziyod maydonni egallagan ushbu hudud, karer faoliyati tugatilgandan so’ng qattiq chiqindilarni tashlash joyiga aylanib qolgandi. Viloyat hokimining tashabbusi bilan bu yerda kichik sanoat zonasi tashkil etish maqsadida keng qamrovli tekislash hamda zaminni mustahkamlash ishlari davom etmoqda.

Hududda hozirgi kunda ko’plab maxsus texnikalar jalb etilgan holda ish olib borilmoqda.

Viloyat hokimi ishlarni yanada jadallashtirish, texnikalarni boshqarayotgan ishchilar uchun ovqatlanish va dam olish sharoitlarini yaxshilash bo’yicha mas'ullarga tegishli ko’rsatmalar berdi.

Viloyat hokimi shuningdek, Farg’ona tumanining Mindonobod MFY hududida bo’lib, bu yerda katta yo’l bo’yida foydalanilmay kelinayotgan adirlik yer maydonini ko’zdan kechirdi. Ushbu hududda ham kichik sanoat zonasi tashkil etilishi belgilandi, Kadastr agentligi viloyat boshqarmasiga sanoat zonasining chegara hududlarini belgilash vazifasi yuklatildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram