Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 124 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA KOREYA RESPUBLIKASI O’RTASIDA HAMKORLIK ALOQALARI YANADA KENGAYADI

×

 2024-02-02 21:32:38    1368

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kim, Koreyadagi Sun Moon universiteti prezidenti Son Je Mun, Chunchonnam-do provintsiyasi rasmiylari hamda koreyalik tadbirkorlardan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona va Koreya Respublikasi o’rtasida har tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalari, shuningdek, ta'lim, madaniyat va axborot texnologiyalari sohalarida amalga oshirish rejalashtirilayotgan investitsiyaviy va ijtimoiy loyihalar muhokama qilindi.

2023 yil mart oyida viloyat hokimi boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining Koreya Respublikasiga amaliy tashrifi davomida Koreyaning eng ilg’or oliygohlaridan biri bo’lgan, dunyoning 76 ta mamlakatidan kelgan 2000 nafarga yaqin xorijlik talabalarga ham ilm berayotgan nufuzli Sun Moon universiteti bilan qo’shma dasturlarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish borasida hamkorlik qilish, koreyalik professor-o’qituvchilarni Farg’onaga jalb qilish, ilmiy forumlar tashkil etib borish, qo’shma tadqiqot va ishlanmalarni yo’lga qo’yish kabi masalalar yuzasidan hamkorlik memorandumi imzolangandi. Bugungi kunda 150 nafardan ziyod farg’onalik yoshlar ushbu oliygohda ta'lim olmoqdalar. Bugungi uchrashuvda ushbu hamkorlik ko’lamini yanada kengaytirish borasida fikr almashildi.

Chunchonnam-do provintsiyasi rasmiylari bilan muloqot chog’ida Farg’ona viloyati hamda Chunchonnam-do provintsiyasi o’rtasida 2023 yilda Do’stlik va Hamkorlik Memorandumi doirasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishi ko’rib chiqildi, kelgusi rejalar bo’yicha kelishib olindi. Joriy yil aprel oyida Chunchonnam-do provintsiyasi gubernatori rahbarligidagi delegatsiyaning viloyatimizga tashrifi amalga oshirilishi ma'lum qilindi.

Viloyat rahbarining taklifiga ko’ra, Chunchonnam-do provintsiyasidagi Sun Moon universiteti joylashgan Asan shahri bilan Qo’qon shahri o’rtasida birodarlashgan shaharlar hamkorligi o’rnatilishi belgilandi.

Samarali o’tgan uchrashuv davomida shuningdek, koreyalik tadbirkorlar bilan axborot texnologiyalari sohasida viloyatimizda investitsion loyihalarni amalga oshirish istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosarlari Nuriddin Mamajonov va Fayzullo Qosimov ishtirok etdilar.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram