Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 58 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“FARG’ONA OQSHOMLARI”: BUYUK ALLOMALARGA EHTIROM IFODASI

×

 2024-02-14 19:08:16    2008

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimizda buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi keng nishonlanmoqda. Joylarda turli anjumanlar, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar tashkil etilyapti.

Buyuk ajdodlarimizning ma'naviy merosi, bebaho xazinasi doimo barchamizga g’urur va iftixor bag’ishlaydi. Jahon tarixida o’chmas iz qoldirgan betakror siymo Zahiriddin Muhammad Bobur ham shulardan biridir. Uning beqiyos ilmiy-ijodiy merosi nafaqat milliy madaniyatimiz va xalqimiz adabiy-estetik tafakkurining shakllanishida, balki jahon adabiyoti, ilm-fani va davlatchiligi tarixida alohida o’ringa ega.

Farg’ona davlat universitetida “Vatandin yaxshi yor o’lmas” nomli ilmiy-nazariy, adabiy-badiiy anjuman bo’lib o’tdi. Unda Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati, ijodiy merosining o’ziga xos xususiyatlari haqida so’z yuritildi.

Tadbirda Boburshunoslik sohasida ko’plab tadqiqotlar, respublika va xalqaro miqyosda ilmiy anjumanlar tashkil etilayotgani qayd etilib, uning vatanparvarlik, mardlik kabi xislatlari ibrat ekanligi ta'kidlandi. Professor-o’qituvchilar tomonidan tayyorlangan adabiy-musiqiy kompozitsiya barchaga manzur bo’ldi.

Farg’ona shahridagi yoshlar saylgohida tashkil etilgan “Farg’ona oqshomlari” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir barchani o’ziga chorladi. Viloyat axborot-kutubxona markazi tomonidan Bobur Mirzo hayot yo’li va ijodiga bag’ishlangan aktsiya, viktorinalar va kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi. Sahnada bobomiz qalamiga mansub g’azallar, qo’shiqlar ijro etildi.Marg’ilon shahridagi Erkin Vohidov ijod maktabi o’quvchilarining she'rlari, harbiylarning chiqishlari kechaga fayz bag’ishladi.

Viloyat hokimligi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi viloyat bo’limi, Erkin Vohidov ijod maktabi va boshqa bir qator tashkilotlar hamkorligidagi “Farg’ona oqshomlari” tadbiri bundan buyon an'anaviy tashkil etilishi rejalashtirilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram