Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 20 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


“YASHIL MAKON” UMUMMILLIY LOYIHASI DOIRASIDA YANGI O’ZLASHTIRILGAN YERLARGA 15 MING DONA SANOATBOP TERAK KO’CHATLARI EKILDI

×

 2024-02-26 21:26:29    573

PDF yuklash
Chop etish


Respublikamizda ekotizimlarni himoya qilish va tiklash, ko’kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish va yashil maydonlarni kengaytirish borasida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirilishi muhim qadam bo’ldi.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23 noyabrdagi PF 199-sonli “Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi Farmonining ijrosini ta'minlash maqsadida “Qolgandaryo” massivi hududidagi kanal va sohil bo’yi mintaqalaridagi yangi o’zlashtirilgan yerlarga daraxt ko’chatlari ekish uyushqoqlik bilan boshlandi.

Bugun Furqat tumani hokimligi boshchiligida sektorlar rahbarlari, FVB va IIB xodimlari, fermer xo’jaliklari a'zolari ishtirokida yangi o’zlashtirilgan 10 km. masofadagi yerlarning 4 km. qismiga 15 ming dona sanoatbop terak ko’chatlari ekildi.

Ekish mavsumi davomida shu hududning o’ziga 30 ming dona, yangidan o’zlashtiriladigan boshqa yerlarga 40 ming dona ko’chatlar ekish ko’zda tutilgan.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram