Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 154 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KOREYANING CHUNCHONNAM-DO PROVINTSIYASI GUBERNATORI BOSHCHILIGIDAGI KATTA DELEGATSIYA FARG’ONA VILOYATIGA KELADI

×

 2024-04-01 20:59:40    7936

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Koreya-O’zbekiston Biznes assotsiatsiyasi vitse-prezidenti Edvard Kimni qabul qildi.

Uchrashuvda Farg’ona va Koreya Respublikasi o’rtasida har tomonlama aloqalarni rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Koreyaning Chunchonnam-do provintsiyasi gubernatori boshchiligidagi rasmiylar, tadbirkorlar hamda madaniyat va sport ustalaridan iborat katta delegatsiyaning may oyida Farg’ona viloyatiga tashrifi bilan bog’liq hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

2023 yil mart oyida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiya Koreya Respublikasiga amaliy tashrif davomida Farg’ona viloyati hamda Chunchonnam-do provintsiyasi o’rtasida Do’stlik va Hamkorlik Memorandumi imzongandi.

Kelgusi oyda viloyatimizga amalga oshiriladigan tashrif davomida Farg’ona viloyati hamda Chunchonnam-do provintsiyasi o’rtasida savdo, investitsiya, fan, ta'lim, madaniyat, san'at, sport, turizm va boshqa yo’nalishlar bo’yicha keng ko’lamli hamkorlikni ko’zda tutgan Birodarlashgan hududlar kelishuvi imzolanishi rejalashtirilmoqda.

Bugungi uchrashuv davomida ikki hudud o’rtasidagi hamkorlik doirasida Koreyada mehnat faoliyatini olib bormoqchi bo’lgan farg’onaliklarni Chunchonnam-do gubernatorining maxsus kvotasi asosida to’g’ridan to’g’ri ushbu provintsiyaga ishga yuborish masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram