Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
XITOY INVESTITSIYALARI HISOBIGA VILOYATIMIZDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN QUYOSH PANELLARI, YORITISH CHIROQLARI VA QUVVATLOVCHI BATAREYALAR ISHLAB CHIQARISH LOYIHASI IYUN OYIDA ISHGA TUSHIRILADI
2024-04-05 23:23:33 8618
Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning “Blue Carbon” kompaniyasi direktori Jao Jifenni qabul qildi.
Uchrashuvda “Blue Carbon” kompaniyasi investitsiyalari hisobiga Quvasoy shahrida amalga oshirilayotgan quyosh panellari, yoritish chiroqlari va quvvatlovchi batareyalar ishlab chiqarish loyihasining borishi jarayonlari muhokama qilindi.
2023 yil sentyabr oyida kirishilgan loyihaga birinchi bosqichda 10 mln. dollar investitsiya yo’naltirilgan bo’lsa, ikkinchi bosqichda butlovchi qismlarni mahalliylashtirish doirasida yana 10 mln. dollar to’g’ridan to’g’ri xorijiy sarmoya kiritiladi. Iyun oyida korxonaning ishga tushishi natijasida 100 ta yangi ish o’rni yaratiladi, ikkinchi bosqichda esa ish o’rinlari soni 400 tadan ortadi.
Ishlab chiqariladigan mahsulotlar ichki bozor bilan birga Rossiya va MDH davlatlariga, Afrika mamlakatlariga eksportga ham yo’naltiriladi.
Quvasoyda barpo etilayotgan korxona, Xitoyda 13 ta zavodni o’z ichiga olgan “Blue Carbon” kompaniyasi uchun ilk xorijiy investitsion loyiha ekanini bildirgan Jao Jifen, viloyatimizda investorlar uchun yaratilgan qulay tadbirkorlik muhitini yuqori baholadi.
Uchrashuvda viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajonov ham ishtirok etdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram