Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
.
.
Saytni baholash
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA RAQAMLASHTIRISH VA ELEKTRON SAVDONING AHAMIYATI
2024-04-06 20:47:40 7785
O’zbekiston Savdo-sanoat palatasi Farg’ona viloyat hududiy boshqarmasi hamda IT Park Farg’ona filiali hamkorligida Marg’ilon shahridagi Raqamli texnologiyalar markazida “Tadbirkorlikni rivojlantirishda raqamlashtirish va elektron savdoning ahamiyati” mavzusida o’quv-seminar o’tkazildi.
Seminarda hozirgi kunda tadbirkorlikning turli yo’nalishlarida faoliyat ko’rsatib kelayotgan ishbilarmonlar hamda o’z tadbirkorligini boshlash istagidagi fuqarolar ishtirok etishdi.
O’quv-seminarni Savdo-sanoat palatasi viloyat hududiy boshqarmasi boshlig’i Azimjon Yuldashev kirish so’zi bilan ochib, raqamli texnologiyalar asri bo’lgan bugungi davrda tadbirkorlikni rivojlantirishda raqamlashtirish va elektron savdoning ahamiyati haqida o’z fikr va mulohazalarini bildirdi.
Shundan so’ng “Elektron onlayn auktsionlarni tashkil etish” AJ Farg’ona viloyati vakili Sardorbek Tolipov so’z olib davlat aktivlari, ijaraga berilayotgan davlat mulklari, dehqon xo’jaligiga mo’ljallangan yerlar, yer uchastkalari va auktsionda ishtirok etish tartibi haqida yig’ilganlarga to’liq ma'lumot berib o’tdi.
Seminar yakunida mavzu yuzasidan tadbirkorlarni qiziqtirgan savol va takliflarga atroflicha javob berildi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook,
Telegram,
Facebook,
YouTube,
Instagram