Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 33 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI VA QUVAYT O’RTASIDA HAMKORLIK YANGI BOSQICHGA KO’TARILADI: VILOYAT HOKIMI BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYA AMALIY TASHRIF BILAN QUVAYTDA BO’LIB TURIBDI

×

 2024-04-28 13:44:53    5044

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasining Quvaytga va Saudiya Arabistoniga hamkorlik aloqalarini kengaytirishni ko’zda tutgan amaliy tashrifi boshlandi. 

Delegatsiya tarkibidan viloyat hokimining investitsiyalar, sanoat va savdo masalalari bo’yicha o’rinbosari Nuriddin Mamajonov, viloyat sog’liqni saqlash va qurilish sohasi rahbarlari va boshqa rasmiylar o’rin olgan.

4 kunlik tashrifning dastlabki kunida Quvaytda viloyatimizda qator yirik investitsion loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirayotgan “Gulf Care General Trade” hamda “Energy Solutions” kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi Eyad al-Saleh bilan muzokaralar o’tkazildi.

Samimiy o’tgan uchrashuvda ikki hudud o’rtasida qator sohalarda mustahkamlanib borayotgan hamkorlik aloqalari xususida muloqot qilinib, amalga oshirilishi ko’zda tutilayotgan yangi loyihalar bo’yicha fikr almashildi.

Quvaytlik yirik tadbirkor sheyx Eyad al-Saleh neft va gaz, energetika, tibbiyot, farmatsevtika, qurilish, ipakchilik, tog’-kon sanoati, metallurgiya yo’nalishlarida dunyoning turli davlatlaridagi 20 ga yaqin kompaniyalar sohibi sanaladi.

Eyad al-Saleh viloyatimizga ikki bor tashrif buyurgan bo’lib, ushbu tashriflar davomida quvaytlik tadbirkor Farg’ona viloyatida davlat tibbiyot muassasasi uchun diagnostika-laboratoriyasini tashkil etish va jihozlash loyihasini amalga oshirishi bo’yicha dastlabki kelishuvlar olib borilgan. Ushbu mamlakatga tashrif maqsadi ham yangi loyiha bo’yicha yakuniy bitimlarni imzolashdan iborat.

"The Regensy" mehmonxonasida tashkil etilgan marosimda ham ikki hudud o’rtasida yangi aloqalar davri boshlanayotganligi, ushbu bitim orqali Quvayt kompaniyasining O’zbekistondagi faoliyatlari boshlanishiga start berilganligi mamnuniyat bilan qayd etildi.

Boshlanayotgan yangi loyiha kelajakdagi ishlarning debochasi bo’lishi, Quvayt kompaniyasi tomonidan Farg’onada amalga oshiriladigan kelgusidagi barcha loyihalar ham qo’llab-quvvatlanishi, ushbu hamkorlik ikki hudud uchun ham manfaatli bo’lishligi ta'kidlandi.

Farg’ona viloyatida davlat tibbiyot muassasalariga xizmat ko’rsatuvchi diagnostik laboratoriyalarni tashkil etish, boshqarish va sinov xizmatlari bo’yicha xalqaro hamkorlik kelishuvini viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sog’liqni saqlash boshqarmasi boshlig’i Bobur Primqulov va “Gulf Care General Trade” hamda “Energy Solutions” kompaniyalari boshqaruv kengashi raisi Eyad al-Saleh imzoladilar.







Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram