Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 240 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


BU YIL VILOYATIMIZDA TO’RTINCHI BOR O’TKAZILAYOTGAN “ONALARGA EHTIROM” FESTIVALIGA START BERILDI

×

 2024-05-04 21:34:50    3936

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona shahridagi “Beshbola” mahalla fuqarolar yig’inida bu yil viloyatimizda to’rtinchi bor o’tkazilayotgan “Onalarga ehtirom” festivalining mahalla bosqichi bo’lib o’tdi. Mahallada yashovchi 500 nafardan ziyod onaxonlarni, jamoatchilik vakillarini o’zida jamlagan tadbirda viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirok etdi.

Mahallada Nuroniylar maskani ochilishi bilan bog’lanib o’tkazilgan ushbu tadbirda yildan yilga an'anaviy tus olayotgan, Onalardek ulug’ zotlarga bo’lgan yuksak ehtiromni namoyon etishni maqsad qilgan festivalning joriy yilgi mavsumiga start berildi.

Bayram tadbirida so’z olgan viloyat hokimi barcha onaxonlarni, tadbirga yig’ilgan ayollar, opa-singillarni samimiy qutlab, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ulkan islohotlarning tub zamirida mo’'tabar onalarimiz, mehribon ayollarimizni e'zozlash, roziligini olish, baxtli bo’lib yashashlarini ta'minlash maqsadlari mujassam ekanini qayd etdi.

"Beshbola" mahallasini har sohadagi ko’rsatkichlari yaxshilanib borayotgani, amalga oshirilayotgan ishlar ko’lami kengligini qayd etgan viloyat rahbari, mahalla ahli, tadbirkorlarning say'-harakatlari, mablag’lari hisobiga xashar yo’li bilan barpo etilgan yangi nuroniylar maskani ham mahallaga yanada ko’rk bag’ishlashini ta'kidladi.

Mahalla fuqarolar yig’ini raisi Rasuljon Saydaliyev, mahalla yettiligi, faollariga ham alohida minnatdorlik bildirildi.

Ko’plab sohalarda el-yurtga tanilgan insonlar yetishib chiqqan "Beshbola" mahallasi kelajakda nafaqat viloyatda, balki respublikada ham eng namunali mahallalardan biriga aylanishiga tilak bildirildi. Shuningdek, Beshbola bilan Quvasoy chegarasidan o’tgan Isfayramsoy hududida turizm markazi tashkil etish rejalashtirilayotgani, bu loyiha mahallaning yanada rivojlanishida muhim omil bo’lishi ta'kidlandi.

Mahalla ijtimoiy hayotida faol ishtirok etib kelayotgan bir guruh ayollar hamda 100 yoshni qarshilagan onaxonlar viloyat hokimining tashakkurnomasi hamda sovg’alari bilan taqdirlandilar.

Tadbir davomida turli sohalarda yutuqlarga erishgan beshbolalik yoshlarning onalariga dil izhorlari aks etgan videorolik namoyish etildi, ushbu yoshlar qo’llarida guldastalar bilan bugungi tadbir chog’ida onalariga hurmat ko’rsatdilar.

El suygan san'atkorlar Zulayho Boyxonova hamda Abduxoshim Ismoilovning musiqiy chiqishlari esa tadbirga ko’tarinki kayfiyat bag’ishladi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram