Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Oktyabr 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031   

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 78 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


O’ZBEKISTON TERMA JAMOASI SAFIDA PARIJ-2024 OLIMPIYA O’YINLARI YO’LLANMASINI QO’LGA KIRITGAN FARG’ONALIK FUTBOLCHILAR HAMDA “NEFTCHI” A'ZOLARI TAQDIRLANDILAR

×

 2024-05-13 11:05:56    7318

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov O’zbekiston terma jamoasi safida Qatarda bo’lib o’tgan futbol bo’yicha yoshlar o’rtasidagi Osiyo kubogida muvaffaqiyatli ishtirok etib, jamoamizning Parij-2024 yozgi Olimpiya o’yinlari yo’llanmasini qo’lga kiritishiga munosib hissa qo’shgan farg’onalik futbolchilar hamda “Neftchi” a'zolari bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbarining alohida e'tiborlari natijasida O’zbek futboli saviyasi yildan yilga oshib borayotganini qayd etgan viloyat hokimi, Qatar maydonlarida ko’rsatilgan yorqin o’yinlarda farg’onalik futbolchilarning hissasi ham borligi viloyatimiz futbol muxlislariga faxr va iftixor tuyg’ulari baxsh etganini ta'kidladi. Buning uchun futbolchilarga minnatdorchilik bildirgan viloyat hokimi, yozda Parijda o’tkaziladigan Olimpiya o’yinlarida ham muvaffaqiyatlar tiladi.

Viloyatimizda tug’ilib o’sgan futbolchilar – darvozabon Hamidullo Abdunabiyev (Marg’ilon, “Olimpik”), himoyachi Muhammadqodir Hamraliyev (Rishton, “Paxtakor”), yarim himoyachi Diyor Xolmatov (Marg’ilon, “Paxtakor”), hujumchi Otabek Jo’raqo’ziyev (Dang’ara, “Olimpik”), shuningdek, “Neftchi” jamoasi a'zolari – Jasur Jaloliddinov hamda Husayn Norchayevga viloyat hokimining Faxriy yorliqlari hamda 50 mln. so’mdan pul mukofotlari topshirildi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram