Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 23 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QUVA BOG’LARIDA PISHGAN O’RIK EKSPORT QILINMOQDA

×

 2024-05-14 14:13:05    2236

PDF yuklash
Chop etish


Ayni kunlarda Quva tumani qir-adirlarida pishgan o’rik hosilini peshma-pesh xorijga eksport qilishga kirishildi. Tumanning “Turk” MFY hududida yillar davomida qishloq xo’jaligida foydalanilmay yotgan dasht yerlarida bugungi kunda mevazor bog’lar barq urib yashnamoqda.

“Ashurov Mo’minjon” meva-sabzavotchilik klasteri tomonidan bundan uch yil oldin toshloq yerlar o’zlashtirilib, 80 gektar maydonda Turkiyadan keltirilgan o’rik ko’chatlari ekilgan edi. Intensiv usulda parvarishlangan bog’ ikki yilda hosilga kirdi. Hozirda o’rik mevasi terib olinib, Markaziy Osiyo davlatlari, Rossiyaga eksportga jo’natilyapti. Mirishkor bog’bonlar joriy yilda 100 tonnadan ortiq meva eksport qilishni maqsad qilishgan.

Mevazor bog’da Turkiya texnologiyasi asosida yuz foiz tomchilatib sug’orish texnologiyasi joriy etilgan bo’lib, bu suvni an'anaviy usulga qaraganda kamida besh-olti marotaba tejash hamda sug’orish bilan bog’liq boshqa xarajatlarni sezilarli darajada qisqartirish imkonini berayotir. O’z navbatida bunday zamonaviy yondashuv natijasida ko’chatlar bir tekis rivojlanib, hosildorlik salmog’i yuqori bo’lishi ta'minlanyapti.

Meva-sabzavotchilik klasteri qoshida 8 gektar yerda ko’chatchilik tarmog’i yo’lga qo’yilib, bu yil mamlakatimiz bo’ylab 2 milliard so’mlik o’rik ko’chatlari yetkazib berildi. Hozirda 1 gektar yerda transport-logistika markazi bunyod etilyapti. Bu yerda mahsulotni qadoqlash, yuklash mahsulotlari ishlab chiqarish tsexi, 2 ming tonna sig’imga ega muzlatgichli omborxona tashkil etiladi.

Bugungi kunda 70 ta doimiy va 200 dan ziyod mavsumiy ish o’rni yaratilgan meva-sabzavotchilik klasteri tasarrufida ilm-fan yutuqlari va innovatsiya g’oyalari asosida yana 30 gektar mevazor bog’ barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu qo’shimcha 50 ga yaqin yangi ish o’rinlari yaratish imkonini beradi.








Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram