Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 185 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


KASBIY TA'LIM HAMDA INNOVATSIYALAR SOHASIDA SVERDLOVSK VILOYATINING ILG’OR TAJRIBALARI O’RGANILDI

×

 2024-05-25 12:19:24    1607

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati rasmiylari va ishbilarmonlaridan iborat delegatsiya a'zolari Rossiya Federatsiyasiga amaliy tashrif davomida kasbiy ta'lim hamda innovatsiyalar sohasida Sverdlovsk viloyatining ilg’or tajribalarini o’rgandilar.

Viloyatimiz vakillari dastlab Sverdlovsk viloyati iqtisodiyoti uchun ehtiyojdan hamda kelgusi yillarda shakllanadigan talabdan kelib chiqqan holda mutaxassislar tayyorlovchi o’ziga xos muassasa – Jadal kasbiy tayyorgarlik markazi (Tsentr operejayuщey professionalnoy podgotovki) faoliyati bilan tanishdilar. Ushbu markazda zamonaviy kasblarni o’rganish bilan birga, ikkinchi kasbni egallash, malaka oshirish, sohalar bo’yicha ilg’or yangiliklarni o’rganish imkoniyati taqdim etiladi.

Viloyatimiz delegatsiyasi a'zolari YEkaterinburg shahridagi Yuksak texnologiyalar texnoparkida ham bo’ldilar. Bu yerda Sverdlovsk korxonalari tomonidan ishlab chiqilgan pilotsiz uchish apparatlari, revers muhandislik, suv tozalash hamda ximiya sanoati uchun yangi ishlanmalar bilan tanishildi. Viloyatimiz hududidagi “Qo’qon” erkin iqtisodiy zonasi hamda kichik sanoat zonalarida hamkorlikda ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu borada hamkorlik chora-tadbirlari belgilanib, birgalikda ish tashkil etishga kelishib olindi. 











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram