Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 253 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


OLTIARIQ TUMANIDA QATOR IJTIMOIY OB'EKTLAR FOYDALANISHGA TOPSHIRILDI

×

 2024-05-29 16:03:33    910

PDF yuklash
Chop etish


Bugun Oltiariq tumanidagi Bo’ston mahalla fuqarolar yig’inining yangi binosi, shuningdek, mahallada joylashgan eski maktab o’rnida barpo etilgan zamonaviy 80 o’rinli ta'lim maskani va 80 o’rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti yangi binosi tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

E'tiborli jihati shundaki, smeta qiymati 2,5 mlrd. so’mga baholangan ushbu muassasalar investitsion dasturlarsiz, mahalla aholisining hamjihatligi, tashabbuskorligi, tadbirkorlarning homiyligi hamda tuman rahbarlarining qo’llab-quvvatlashi, hudud joylashgan sektor rahbari – tuman prokurori Rustamjon Tillayevning say'-harakatlari natijasida hashar yo’li bilan bunyod etildi.

Ochilish marosimlarida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, mahalla ahli, nuroniylar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov aholining birdamligi, hamjihatligi asosida mana shunday ko’plab xayrli ishlarni amalga oshirish mumkinligiga e'tibor qaratdi. Ushbu ishlarga hissa qo’shgan barcha mas'ullarga minnatdorchilik bildirdi.

Ramziy lenta qirqilib, viloyat rahbarlari yangi binolardagi sinfxonalar, bolalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko’zdan kechirdilar, o’quvchilar va maktab jamoasi bilan suhbatlashildi.

Avvallari mahallada bog’cha yetishmasligi sabab, 7 km masofadagi bog’chaga qatnashga to’g’ri kelgan. Bu esa ota-onalar uchun noqulayliklar tug’dirar edi. Shu bois, mahalla hududidagi 2 ta xonadan iborat bo’lgan eski maktab o’rnida bugun 80 o’rinli 29-umumiy o’rta ta'lim maktabining filiali, 80 o’rinli 7-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining filiali, tibbiyot maskani hamda “Ziyo” kitob do’koni qisqa muddat ichida qurib bitkazildi. Yangi binolarning ish boshlashi mahalla ahlini juda sevintirdi.

Mahalla fuqarolar yig’ini hozirgacha 1 ta xonada faoliyat ko’rsatib kelgan bo’lib, 280 million homiylik mablag’lari hisobiga qisqa muddatda "mahalla yettiligi" uchun barcha sharoitlar yaratilgan yangi bino ham qurib bitkazildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram