Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< SENTYABR 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
30      

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 245 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


SENAT AGRAR VA SUV XO’JALIGI MASALALARI QO’MITASI HAMDA XALQ DEPUTATLARI VILOYAT, TUMAN VA SHAHARLAR KENGASHLARINING QO’SHMA MAJLISI BO’LIB O’TDI

×

 2024-05-29 16:52:13    827

PDF yuklash
Chop etish


Bugun viloyat hokimligi katta majlislar zalida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va shaharlar Kengashlarining qo’shma majlisi bo’lib o’tdi.

Yig’ilishda joriy yilning 27-29 may kunlari Qo’mita tomonidan Farg’ona viloyatida qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchilarga o’z vaqtida va sifatli bojxona xizmatlarini ko’rsatish, aholiga oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydonlari ajratish, eksportbop ekinlarni joylashtirish hamda eksport hajmini oshirish bo’yicha olib borilayotgan ishlar holati yuzasidan o’tkazilgan o’rganish natijalari muhokama qilindi.

Videokonferentsaloqa shaklida o’tkazilgan majlisning viloyat studiyasida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, Senat Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasi raisi Bahodir Tojiyev, qo’mita a'zolari, Senat ishchi guruhi a'zolari, viloyat tegishli boshqarma va tashkilotlari rahbarlari, viloyatdan saylangan Senat a'zolari, deputatlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so’z olgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, bugungi kunda dunyo mamlakatlarida oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash o’ta dolzarb masalaga aylanganini qayd etib, so’nggi yillarda Muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida yurtimizda qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilayotgan katta islohotlar, klasterlarning tashkil etilishi va davlat buyurtmasining bekor qilinishi, soha rivoji uchun berilayotgan ulkan imtiyozlar hamda yo’naltirilayotgan mablag’lar o’z samarasini berayotganini ta'kidladi.Bu jarayondagi ishlarning borishi, islohotlarning hududlardagi ijrosi holati yuzasidan jamoatchilik nazorati, xususan, Senat nazorati o’rnatilgani joylarda mutasaddilarni bu masalaga munosabatini yanada oshirayotganiga e'tibor qaratildi.

Davlatimiz rahbarining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilikda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishida dehqon xo’jaliklarining ulushini oshirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori bilan, Respublika bo’yicha past hosilli paxta va g’alladan qisqartirilgan 200 ming gektar ekin maydonlari, shu jumladan, viloyatimizda 20 ming gektar yer maydoni meva va sabzavotlar yetishtirish uchun ajratilgani, qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish ko’lamini kengaytirishda muhim qadam bo’lgani qayd etildi.

Senat Agrar va suv xo’jaligi masalalari qo’mitasi raisi Bahodir Tojiyev va qo’mita raisi o’rinbosari Risqul Siddiqov 3 kun davomida viloyatimizda olib borilgan o’rganishlar natijalari haqida ma'lumot berdilar. Viloyatda qishloq xo’jaligi sohasida amalga oshirilgan yangi loyihalar, bojxona tizimida eksportyorlar uchun yaratilgan qulay sharoitlar, sohaga jalb etilayotgan investitsiyalar yuqori baholanib, bugungi yig’ilish qo’shma qarorida bu yutuqlar alohida qayd etilishi va Farg’ona tajribasi sifatida boshqa viloyatlarda ham tatbiq etilishi ma'lum qilindi. Aholi xonadonlarida qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish ham viloyatda namunali darajada ekanini ta'kidlagan Senat qo’mitasi raisi Bahodir Tojiyev, “Dehqonchilikda daromadning chegarasi yo’q” degan iboraning isbotini Farg’onada ko’rdim” degan fikrlarni bildirdi.

Qo’mita raisi o’rinbosari Risqul Siddiqov o’rganishlar davomida ko’zga tashlangan juz'iy kamchiliklarni keltirib o’tdi, yoshlarga yer maydonlari ajratish, kooperatsiyalarini faoliyatini yanada yaxshilash, paxta dalalarida agrotexnik tadbirlarni o’z vaqtida amalga oshirish masalalarida o’z fikr va mulohazalarini bildirdi. O’rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha viloyat hokimining o’rinbosari Alibek Tursunov belgilangan aniq muddatli chora-tadbirlar haqida hisobot berdi.

Majlisda shuningdek, Jahon banki va xalqaro moliya institutlari mablag’lari hisobidan qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat xavsizligini ta'minlash yo’nalishida joriy yilda viloyatimizda amalga oshirilayotgan, umumiy qiymati 110 mln. dollardan ziyod bo’lgan investitsiya loyihalarni kreditlash borasida Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi rahbarining hisoboti ham eshitildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram