Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 264 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VA BATKEN VILOYATLARI RAHBARLARI SHOHIMARDONDA UCHRASHDILAR

×

 2024-05-30 19:44:04    3978

PDF yuklash
Chop etish


Qirg’iz Respublikasining Batken viloyati gubernatori Abdikarim Alimbayev boshchiligidagi, Batken viloyati prokurori, viloyat IIB hamda bojxona boshqarmasi boshliqlari, Farg’ona viloyati bilan chegaradosh tuman va shaharlar hokimlari hamda boshqa rasmiylardan iborat delegatsiya bugun viloyatimizda bo’ldi.

Shohimardon qishlog’i chegara postida Batken viloyati vakillarini viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat prokurori Baxtiyor Ismoilov, viloyat IIB boshlig’i Azizbek Ikramov, viloyat bojxona tizimlari rahbarlari, Quvasoy shahri, Farg’ona, Rishton, So’x tumanlari hokimlari kutib oldilar.

Mehmonlar dastlab, Shohimardon MFY hududidagi Hazrati Ali majmuasini ziyorat qildilar, bu muborak qadamjoda qur'on tilovat qilinib, ikki qo’shni yurtga tinchlik-omonlik, qardoshlik rishtalarini qayta tiklagan davlat rahbarlariga uzoq umr, sihat-salomatlik tilandi.

Ikki viloyat rahbarlarining tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlarida Farg’ona va Batken viloyatlari o’rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, ijtimoiy-gumanitar, madaniy, turizm va boshqa sohalardagi hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Muloqot davomida O’zbekiston va Qirg’iziston davlat rahbarlarining yuksak siyosiy irodasi natijasida xalqlarimiz o’rtasida azaliy do’stlik va qardoshlik aloqalari qaytadan kuchayib borayotgani, chegaraoldi hududlarning hamkorligi ham yangi bosqichga ko’tarilayotganligi alohida ta'kidlandi. Shu bilan birga, viloyatlarimiz o’rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida foydalanilmagan katta salohiyat mavjudligiga e'tibor qaratildi.

Ikki viloyat biznesining hududlardagi o’zaro ishtirokini hamda Farg’ona va Batken ishbilarmonlari o’rtasida to’g’ridan to’g’ri muloqotni kengaytirish, qo’shma ishlab chiqarish loyihalarini ko’paytirish muhimligi qayd etildi. Quvasoy shahrida barpo etilayotgan “Qirg’iz savdo uyi”ni foydalanishga topshirilishini tezlashtirish borasida kelishib olindi.

Farg’ona va Batken viloyatlari o’rtasida turizm sohasida hamkorlikni rivojlantirish, madaniyat va sport sohasida qo’shma tadbirlar o’tkazish, bu borada muhim ahamiyatga ega bo’lgan masala – Shohimardonga boruvchi yo’ldagi ikki tomonlama chegara-bojxona postini, barcha davlat fuqarolari harakatlanishi mumkin bo’lgan xalqaro maqomga ega postga aylantirish lozimligiga e'tibor qaratilib, ikki viloyat rahbarlari o’z vakolatlari doirasida kerakli say'-harakatlarni amalga oshirishiga kelishildi. Shuningdek, Farg’ona va Batken orasida qo’shimcha 7 ta chegara- bojxona posti ochish masalasi ham muhokama qilindi.

Batken viloyati gubernatori Abdikarim Alimbayev boshchiligidagi delegatsiya, uchrashuvlar yakunida Qirg’iz Respublikasiga jo’nab ketdi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram