Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 75 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA XITOY AVTOMOBILSOZLIK TEXNOPARKI TASHKIL ETISH HAMDA YANGI BREND OSTIDA BUTLOVCHI QISMLARI MAHALLIYLASHTIRILGAN AVTOMOBILLAR ISHLAB CHIQARISH REJALASHTIRILMOQDA

×

 2024-06-03 15:24:01    1481

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning China Triumph International Engineering hamda China Xiaou Group kompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuvda viloyatimiz hududida Xitoy avtomobilsozlik texnoparki tashkil etish hamda yangi brend ostida butlovchi qismlari mahalliylashtirilgan avtomobillar ishlab chiqarish loyihasi muhokama qilindi.

Loyihaning birinchi bosqichida Xitoydan keltirilgan qismlarni yig’ish, bo’yash hamda sozlash liniyalarini yo’lga qo’yish orqali yillik 60 ming dona gaz, elektr va gibrid motorli avtomobillar, maxsus transport vositalari ishlab chiqarish belgilangan bo’lsa, keyingi bosqichda tashkil etiladigan Xitoy avtomobilsozlik texnoparkida barcha butlovchi qismlarni ishlab chiqarish korxonalari tashkil etish hamda ularni kooperatsiyasini tashkil etish orqali ishlab chiqariladigan avtomobillar sonini yillik 1 mln. donaga yetkazish loyiha-rejada ko’zda tutilgan. Buning uchun jami 200 gektar yer maydoni talab etilishi ma'lum qilindi. E'tiborli jihati, ishlab chiqariladigan avtomobillar yangi, mahalliy brend ostida bo’lishi reja qilingan. Tashkil etilishi taklif etilayotgan Xitoy avtomobilsozlik texnoparkiga o’nlab Xitoy kompaniyalarining investitsion ishlab chiqarish loyihalarini joylashtirishi rejalashtirilgani bildirildi.

Xitoylik investorlar tomonidan qisqa muddat ichida amalga oshiriladigan investitsion loyihalarning aniq amalga oshirish muddati, kiritiladigan sarmoyalarning miqdori hamda yaratiladigan ish o’rinlari soni bo’yicha aniq asoslangan biznes-rejani ishlab chiqilishiga hamda muzokalarni davom ettirishga kelishib olindi.





Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram