Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 94 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


TURKIYA BO’YLAB 1000 NAFARDAN ZIYOD YOSH ISHBILARMONLARNI BIRLASHTIRGAN TÜGİAD UYUSHMASI BILAN HAMKORLIK YO’LGA QO’YILDI

×

 2024-06-08 15:27:37    1401

PDF yuklash
Chop etish


Amaliy tashrif bilan Turkiyada bo’lib turgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati delegatsiyasi vakillari Istanbulda TÜGİAD – Turkiya yosh ishbilarmonlari uyushmasi rahbariyati hamda a'zolari bilan uchrashuv o’tkazdilar.

Turkiya bo’ylab qurilish, tekstil, tashqi savdo, avtomobilsozlik, mashinasozlik, metallurgiya, turizm, oziq-ovqat sanoati, mebel sanoati kabi 60 dan ziyod sektorda faoliyat olib borayotgan 1000 nafardan ziyod 35 yoshgacha bo’lgan yosh ishbilarmonlarni birlashtirgan TÜGİAD uyushmasiga a'zo kompaniyalarning yillik aylanmasi 60 mlrd. dollardan, yillik umumiy eksporti hajmi 36 mlrd. dollardan oshadi. Uyushma prezidenti Gyurkan Yildirim ayni vaqtda 500 mingdan ziyod a'zoga ega YEvropa Yosh Ishbilarmonlar Konfederatsiyasi (YES for Europe) boshqaruv kengashi raisi ham hisoblanadi.

Samarali o’tgan uchrashuvda viloyatimiz hududida metallurgiya, tibbiyot, raqamli ta'lim, mebelsozlik sohalarida investitsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi, yaqin muddatda TÜGİAD a'zolaridan iborat delegatsiyaning Farg’onaga tashrifi tashkillanadigan bo’ldi.

Shuningdek, Turkiya yosh ishbilarmonlari uyushmasining O’zbekistonda vakolatxonasini ochish bo’yicha ham hamkorlikda ish tashkil etilishi belgilandi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram