Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 251 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


VILOYAT HOKIMI XAYRULLO BOZOROV BOSHCHILIGIDAGI DELEGATSIYANING XITOYGA TASHRIFI DOIRASIDA O’ZARO HAMKORLIKKA OID UMUMIY QIYMATI 1,92 MLRD. DOLLARDAN ZIYOD BO’LGAN 10 TA HUJJAT IMZOLANDI

×

 2024-06-19 17:49:01    1808

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg’ona viloyati rasmiylari hamda tadbirkorlaridan iborat delegatsiyasining Xitoyga tashrifi doirasida Pekin, Shanxay shaharlarida, Shandun, Chjetszyan, Tszyansu, Shansi, Shensi provintsiyalarida o’tkazilgan muzokaralar natijasida o’zaro hamkorlikka oid umumiy qiymati 1,92 mlrd. dollardan ziyod bo’lgan 10 ta hujjat imzolandi.

China Xiaou Group kompaniyasi bilan viloyatimiz hududida 3 bosqichda 1,5 mlrd. dollar to’g’ridan to’g’ri Xitoy investitsiyasi hisobiga yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish yuzasidan investitsion kelishuv imzolandi.

Chiqindilarni qayta ishlash bo’yicha Xitoyning yirik kompaniyalaridan biri, “SUS Enviroment” rahbari Chju Syanping bilan uchrashuvda dastlabki qiymati 100 mln. dollar bo’lgan va kunlik quvvati 2000 tonna bo’lgan chiqindilarni qayta ishlash loyihasi yuzasidan anglashuv memorandumiga imzo chekildi, yaqin muddatda kompaniya vakillari Farg’onada loyiha bo’yicha texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni amalga oshirishga kirishishadi. Shunisi e'tiborliki, kompaniya qayta ishlash uchun zaruriy barcha texnologiyalarni o’zi ishlab chiqaradi.

Farg’ona viloyatida mavjud kanalizatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish, tumanlar markazlarida kanalizatsiya tizimini to’la barpo etish hamda viloyat kanalizatsiya tizimlarini DXSh asosida boshqarish loyihasini amalga oshirish bo’yicha Dİ AO Enviromental Protection Group bilan qiymati 100 mln. dollar bo’lgan hamkorlik bitimi imzolandi.

Saic Hongyan Automotive kompaniyasi bilan viloyatimiz hududida 5 tonnadan 20 tonnagacha bo’lgan yuk avtomobillari, kon sanoati uchun 80 tonnagacha bo’lgan yuk avtomobillari ishlab chiqarish bo’yicha qiymati 50 mln. dollar bo’lgan investitsion bitim imzolandi.

Shuningdek, Farg’ona shahrida “Bir makon, bir yo’l” loyihasi doirasida mintaqa davlatlari ko’rgazma zallari va vakolatxonalarini o’zida jamlagan Madaniyat markazi barpo etish loyihasini amalga oshirish qiymati 30 mln. dollar bo’lgan hamkorlik bitimi, Eprui New Materials kompaniyasi bilan viloyatimiz hududida metalni qayta ishlash korxonasi tashkil etish bo’yicha 100 mln. dollarlik, Qo’qon EIZ hududida Jıangsu Kanglixin Battery tomonidan akkumulyatorlar ishlab chiqarishni tashkil etish bo’yicha 20 mln. dollarlik kelishuv va bitimlarni ham qayd etib o’tish lozim.

Imzolangan hujjatlar doirasida Nanjing Fiberglass kompaniyasi viloyatimiz hududida qiymati 20 mln. dollarlik Bazalt mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini, Keda kompaniyasi 15 mln. dollar investitsiya hisobiga quyosh panellari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirishi belgilandi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram