Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 109 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


DUNYONING TANIQLI OSHPAZLARI HAMDA GASTRONOMIK SOHAGA IXTISOSLASHGAN BLOGER-INFLYUYENSERLAR ISHTIROKIDA “FARG’ONA GASTRONOMIK FESTIVALI” O’TKAZILADI

×

 2024-06-21 11:38:38    1328

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Turkiyadagi World Tourism Forum Institute xalqaro turizm tashkiloti rahbari Bulut Bag’ji hamda turizm sohasida faoliyat ko’rsatuvchi ishbilarmon Muattar Ergenni qabul qildi.

London va Dubay shaharlarida ham o’z vakolatxonasiga ega bo’lgan, 60 dan ziyod davlat bilan turizm sohasida hamkorlik qilayotgan World Tourism Forum Institute rahbari bilan o’tkazilgan uchrashuvda Farg’ona viloyatida turizmni yanada rivojlantirish, viloyat imijini xalqaro miqyosda tanitish, turizm infratuzilmasi sohasiga xorijiy investorlarni jalb etish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomidagi muzokaralar natijasida Farg’onada joriy yilning oktyabr-noyabr oylarida Michelin Guide xalqaro restoranlarni baholash tizimi tomonidan e'tirof etilgan dunyoning taniqli oshpazlari hamda gastronomik sohaga ixtisoslashgan bloger-inflyuyenserlarni ham jalb etgan holda “Farg’ona gastronomik festivali”ni hamkorlikda tashkil etish, shuningdek, sentyabr oyida xalqaro turizm hamda servis kompaniyalari, aviakompaniyalar rahbarlari ishtirokida Master-klass o’tkazish borasida kelishib olindi.

Shuningdek, viloyatimizga xalqaro mehmonxona brendlarini jalb etish bo’yicha ham hamkorlikda ish tashkil etiladigan bo’ldi.

Muattar Ergen bilan hamkorlikda viloyatimizda havo sharlari turizmini tashkillash, shuningdek, turizm sohasiga turkiyalik va qatarlik investorlarni jalb etish bo’yicha aniq rejalar belgilab olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram