Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 248 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


MONTAGNE ET NEIGE DÉVELOPPEMENT KOMPANIYASI SHOHIMARDONDA ARQON YO’L VA OSMA KO’PRIKLARNI O’Z ICHIGA OLGAN OMMAVIY TURIZM MASKANI BARPO ETISH BO’YICHA LOYIHA KONTSEPTSIYASINI TAQDIM ETDI

×

 2024-06-22 13:07:03    1640

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Frantsiyaning Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi hududiy direktori Orxan Shirinni hamda kompaniyaning mahalliy hamkorlarini qabul qildi.

Joriy yil 6 iyunda ushbu kompaniya vakillari bilan o’tkazilgan dastlabki uchrashuvda viloyatimiz hududida arqon yo’l va osma ko’priklarni o’z ichiga olgan ommaviy turizm maskani barpo etish loyihasi muhokama qilinib, ushbu loyihani Shohimardonda amalga oshirish bo’yicha loyiha kontseptsiyasi ishlab chiqishga kelishib olingandi.

Bugungi uchrashuvda Montagne et Neige Développement (MND) kompaniyasi vakili Orxan Shirin viloyat hokimiga o’zlari tomonidan Shohimardonda olib borilgan o’rganishlar natijasida ishlab chiqilgan hududni turistik rivojlantirish kontseptsiyasini taqdim etdi.

Loyiha 10 tadan kabinaga ega ikkita arqon yo’li, 1 ta qiya ko’targich, 1 ta osma ko’prik, Zipline, Alpine Coaster attraktsionlari va boshqa ko’plab qo’shimcha turistik infratuzilma ob'ektlarini o’z ichiga oladi. Tabiat bilan uyg’unlik bosh g’oya bo’lgan loyihada oilaviy turizm imkoniyatlarini taqdim etishga ham alohida e'tibor qaratilgan.

Loyihani moliyalashtirish masalasida imtiyozli kredit mablag’larini jalb etish bo’yicha Frantsiya taraqqiyot agentligi (FTA) hamda YEvropa banklari bilan muzokaralarni birgalikda olib borishga kelishib olindi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram