Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 264 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


QO’QONDA XORIJIY HAMDA MAHALLIY INVESTORLAR BILAN MULOQOT O’TKAZILDI

×

 2024-06-22 18:34:12    1531

PDF yuklash
Chop etish


Qo’qon shahrida istiqbolli investitsion loyihalarni amalga oshirishga qaratilgan yetakchi xorijiy hamda mahalliy investorlar ishtirokida muloqot bo’lib o’tdi.

Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o’rinbosari Xurram Teshabayev, viloyat hokimining o’rinbosari Nuriddin Mamajanov, shahardagi 30 ga yaqin xorijiy kapital ishtirokida tashkil etilgan yirik ishlab chiqarish korxonalari rahbarlari va investorlar ishtirok etdilar.

Muloqot davomida viloyatimizda investitsiyalarni faol jalb qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish va korxonalarda ishlab chiqarishni yanada rag’batlantirish, eksportni qo’llab- quvvatlash borasida ko’plab islohotlar olib borilayotganligi, xususan, Qo’qon shahrida 94 ta xorijiy va qo’shma korxonalar faoliyat yuritayotganligi, joriy yilda Qo’qon shahrida 104 mln. dollarlik xorijiy investitsiyalar o’zlashtirilishi ko’zda tutilganligi haqida to’xtalib o’tildi. Bundan tashqari, Qo’qon shahri va uning maxsus iqtisodiy zonalarida loyihalarni joylashtirish mumkin bo’lgan yer maydonlari, mazkur hududlarda investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun barcha zaruriy infratuzilma tarmog’i bilan ta'minlanganligi, soliq, bojxona imtiyozlari haqida ham ma'lumotlar berildi.

Muloqotda shuningdek, Qo’qon shaxrining investitsion jozibadorligini oshirish xorijiy investorlarni jalb qilish, shaharda avval xususiylashtirilgan hozirda past quvvatda faoliyat olib borayotgan korxonalarni qo’llab-quvvatlash xamda ularni ishlab chiqarayotgan mahsulotlarini eksportga chiqarishga ko’maklashish va bu jarayonda ularga to’sqinlik qilayotgan muammolarni hal etish va eksportyorlarga har tomonlama ko’maklashish bo’yicha ham o’zaro fikr-mulohazalar, takliflar atroflicha ko’rib chiqildi.

Istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirishda tadbirkorlarga davlatimiz tomonidan barcha zaruriy ko’maklar berib borilishi ma'lum qilindi.

Korxonalar raxbarlari bilan suhbat davomida tadbirkorlik faoliyatlari jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarning yechimi bo’yicha ham ko’mak beriladigan bo’ldi.






Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram