Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 86 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


2024 YILNING O’TGAN DAVRIDA FARG’ONA VILOYATINING EKSPORT HAJMI 343,1 MLN. DOLLARNI TASHKIL ETDI

×

 2024-06-25 13:32:17    820

PDF yuklash
Chop etish


Joriy 2024 yilning o’tgan davrida Farg’ona viloyatidan xorijga jami 343,1 mln. dollarlik eksport amalga oshirilgan. Shundan, qishloq xo’jalik mahsulotlari hajmi 115,2 mln. dollarni, sanoat mahsulotlari 227,9 mln. dollarni tashkil etgan.

Viloyatimiz sanoat mahsulotlari eksportida ip-kalava, mato, tayyor tikuv-trikotaj mahsulotlari, kimyoviy o’g’itlar, oziq-ovqat mahsulotlari va qurilish mahsulotlari asosiy ulushga ega bo’ldi.

Qishloq xo’jaligi mahsulotlari eksportida asosiy ulushlarni gilos, o’rik, shaftoli, karam, sabzi, gulkaram, sliva, uzum, olcha, olma mahsulotlari tashkil etdi.

Eksport geografiyasi bo’yicha olganda, mahsulotlar asosan Rossiya Federatsiyasi (91,2 mln. dollar), Turkiya (39,6 mln. dollar), Afg’oniston (20,1 mln. dollar), Xitoy Xalq Respublikasi (16,7 mln. dollar), Qozog’iston (15,8 mln. dollar), Qirg’iziston (15,3 mln. dollar), Eron (14,7 mln. dollar), Tojikiston (8,0 mln. dollar), Turkmaniston (5,7 mln. dollar), Polsha (5,4 mln. dollar), Litva (3,9 mln. dollar) mamlakatlariga yuborildi.

Viloyatda hozirgi kunda 567 ta eksportyor korxonalar tomonidan 50 ta davlatga eksport amalga oshirilmoqda. So’nggi davrda eksport geografiyasi 12 ta yangi davlatlari hisobiga kengaydi. Jumladan, Ispaniya, Bolgariya, Buyuk Britaniya, AQSh va Quvayt davlatlari bozorlari o’zlashtirildi.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram