Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 125 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI TA'LIM SOHASI DELEGATSIYASI YAPONIYAGA BORADI

×

 2024-06-25 16:02:28    1407

PDF yuklash
Chop etish


Viloyatimiz shahar va tumanlaridagi joriy o’quv yilidan e'tiboran sinov tariqasida Yaponiya ta'lim tajribasi o’rganilayotgan maktablarning o’qituvchilari, direktorlaridan iborat Farg’ona ta'lim sohasi delegatsiyasi viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig’i Sherzod Dolimov boshchiligida joriy yil 27 iyundan 5 iyulgacha Yaponiyada bo’ladi. Delegatsiya tarkibidan viloyat hokimligi kotibiyati mudiri Shohidbek Aslonov ham o’rin olgan.

Tashrif davomida viloyatimiz ta'lim sohasi vakillari Tokio shahri va shahar atrofidagi ma'muriy tumanlarda joylashgan maktablarda ta'lim jarayonini shakllantirish bilan bog’liq jarayonlar hamda shart-sharoitlar bilan tanishadilar, yaponiyalik hamkasblari bilan metodik tajriba almashadilar. Viloyatimiz delegatsiya a'zolari shuningdek, Soka Yapon universitetining Pedagogika fakultetida ham bo’lib, Yaponiya ta'lim metodikasining o’ziga xos nazariy jihatlari bilan ham tanishadilar. Tashrif doirasida shuningdek, hududiy ta'lim boshqarmalarida ham uchrashuvlar o’tkazish ko’zda tutilgan.

Tashrifdan ko’zlangan asosiy maqsad umumiy o’rta ta'lim maktablarida xalqaro ta'lim tizimidagi innovatsion yondashuvlarni va tajribalarni tatbiq etish, mamlakatimiz ta'lim tizimidagi mavjud IT, robotexnika, aniq fanlar sohalarida yangi bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirish hamda amaliyotga kiritishdan iborat.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram