Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyun 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
24252627282930

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 84 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


XITOYNING CHINA TIANYING KOMPANIYASI FARG’ONADA 600 MLN. DOLLAR INVESTITSIYA HISOBIGA VODIY VILOYATLARIGA XIZMAT KO’RSATUVCHI YIRIK CHIQINDINI QAYTA ISHLASH MAJMUASI LOYIHASINI AMALGA OSHIRISHNI REJALASHTIRMOQDA

×

 2024-06-26 15:19:46    746

PDF yuklash
Chop etish


Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov Xitoyning China Tianying kompaniyasi direktori Van Kun boshchiligidagi kompaniya vakillarini va mahalliy hamkorlarini qabul qildi. Prezident maslahatchisining o’rinbosari Jobir Azimov ham ishtirok etgan uchrashuvda Farg’onada vodiy viloyatlariga xizmat ko’rsatuvchi yirik chiqindini qayta ishlash majmuasi barpo etish loyihasi muhokama qilindi.

China Tianying tomonidan ishlab chiqarilgan ekologik toza texnologiyalarni tatbiq etgan holda barpo etish ko’zda tutilgan majmuaning loyiha qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra, 600 mln. dollar atrofida bo’lishi belgilangan. Farg’ona viloyatida kunlik yig’iladigan 3 ming tonnadan ziyod chiqindini, shuningdek, qo’shni viloyatlarning ham chiqindilarini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi, o’g’it hamda qurilish bloklari ishlab chiqariladi.

Ushbu loyihani amalga oshirish uchun tegishli vazirliklar mutasaddilari ishtirokida ishchi guruh tashkil etishga hamda loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqishga, mavjud chiqindilarning morfologik tarkibi tahlilini amalga oshirishga kelishib olindi, ushbu jarayondan so’ng ishlab chiqariladigan energiyani sotib olish narxi bo’yicha muzokaralar o’tkazilishi belgilandi. Yaqin kunlarda Farg’ona viloyati hokimligi hamda China Tianying kompaniyasi o’rtasida ushbu loyihani amalga oshirish bo’yicha hamkorlik kelishuvi imzolanadi.




Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram