Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 278 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONA VILOYATI G’ALLAKORLARI 2024 YIL HOSILIDAN BOSHOQLI DON TAYYORLASH BO’YICHA SHARTNOMAVIY REJANI BAJARDILAR, G’ALLA HOSILDORLIGI GEKTARIGA O’RTACHA 80 TSENTNERDAN OSHMOQDA

×

 2024-06-28 17:52:15    1056

PDF yuklash
Chop etish


Farg’ona viloyati g’allakorlari joriy yil hosilidan davlat xaridi uchun 82,2 ming tonna, birja savdolari uchun 149,7 ming tonna, urug’lik uchun 19,7 ming tonna, jami 251,6 ming tonna don sotish bo’yicha shartnomaviy rejani bajardilar. Hozirda o’rim-yig’imi qizg’in davom etmoqda, fermer xo’jaliklari oldida 28 ta g’allachilik klasterlari korxonalariga 54,5 ming tonna don sotish majburiyati bo’lsa, fermer xo’jaliklarining o’ziga 450 ming tonnadan ziyod don qolishi kutilmoqda.

Viloyatda 2024 yilda 95 ming 720 gektar (shundan 21 ming 300 gektar ochiq maydonlarga, 74 ming 420 gektar g’o’za qator orasiga) maydonlarga kuzgi boshoqli don ekinlari ekilib, parvarish qilindi. Viloyat bo’yicha g’alladan o’rtacha hosildorlik 80 tsentnerdan oshib, yakuniy xirmon 766 ming tonnadan ortiq bo’lishi kutilmoqda.

Joriy yil hosili uchun g’allaning 29 xil navi ekilib parvarish qilindi, shundan 61 ming 864 gektarga yoki 65 foiz maydonga “Asr”, “Davr”, “Vexa”, “Antonino” va “Bezostaya-100” navlari ekilgan, qolgan maydonlarda yangi va istiqbolli navlar parvarish qilindi.

Viloyatda g’alla o’rim-yig’im mavsumini uyushqoqlik bilan, yetishtirilgan donni nes-nobud qilmasdan tizimli amalga oshirish maqsadida 328 ta g’alla o’rim otryadlari tashkil qilindi.

Ushbu otryadlar tarkibiga 328 ta kombayn, 1696 ta don tashish texnikalari, 328 ta maxsus jihozlangan pritseplar, 328 ta chizel, 110 ta yoqilg’i tashish agregatlari va 46 ta o’t o’chirish mashinalari biriktirildi.Bu yil viloyatga 22 ta yangi kombayn olib kelindi.

Bugungi kunga qadar viloyatda 400 dan ziyod fermer xo’jaliklari g’alladan 100 tsentnerdan ortiq hosil olib, barchaga namuna bo’ldilar.


Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram