Shrift o'lchami Rang Rasm

VIRTUAL QABULXONA

INTERAKTIV XIZMATLAR

NORMATIV XUJJATLAR

Ochiq ma’lumotlar (byudjet)

OCHIQ MA‘LUMOTLAR

Farg'ona viloyati hokimi
Hayrullo Hayitbayevich Bozarov

Ijtimoiy tarmoqlar

Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratiladigan imtiyozli kredit hisobidan fuqarolarga mahsulot yetkazib beruvchi ta'minotchi korxonalarning ro'yxati
<< Iyul 2024 >>
DUSECHPAJUSHYA
1234567
891011121314
15161718192021
22232425262728
293031    

.

.

Farg'ona viloyati investitsion salohiyati

Saytni baholash




Yangiliklarga obuna bo'lish

Hozir saytda 255 nafar foydalanuvchi Ishonch telefoni statistikasi
Ishonch telefoniga berilgan baholar


FARG’ONADA “YANGI NAFAS” OMMAVIY YUGURISH MUSOBAQALARI BO’LIB O’TDI

×

 2024-06-29 12:31:16    769

PDF yuklash
Chop etish


Bugun erta tongda mamlakatimizning 16 shahrida, shu jumladan, Farg’onada Olimpiya kuni, Bolalarni himoya qilish kuni va Yoshlar kuniga bag’ishlangan “Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqalari bo’lib o’tdi. Musobaqada jami 3000 nafardan ziyod yoshlar, keksalar hamda jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar qatnashdilar.

Viloyat teatr va kontsert saroyi old sahnasida musobaqa g’oliblari va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o’tkazildi.

Musobaqaning havaskorlar o’rtasida erkaklar bahsida Otabek Abdulhaqov, ayollardan esa Charos Komilova 1-o’rinni egalladilar.

Professional sportchilar o’rtasidagi erkaklar musobaqasida Ruxshod Ma'murov, ayollar o’rtasida Mohinabonu Komilova g’olib bo’ldilar.

Jismoniy imkoniyati cheklangan shaxslar o’rtasida Nasriddinxo’ja Ahmadxo’jayev hamda Kamola Rasulova g’oliblikni qo’lga kiritdilar.

Abdulhayot Umarov va Gulnora Imomova musobaqaning eng faol ishtirokchilari sifatida e'tirof etildi.

G’olib va sovrindorlarga viloyat hokimligi, viloyat sport boshqarmasining diplom va esdalik sovg’alari topshirildi.











Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating
Facebook, Telegram, Facebook, YouTube, Instagram